Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`limi

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`lim NIZOMI

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`limi haqida

 Institutning ilmiy –tadqiqot bo’limi 1982 yilda tashkil etilgan bo’lib bo’lim boshlig’i tomonidan boshqariladi va u institutning ilmiy ishlari prorektori faoliyati doirasida ish olib boradi. Hozirgi kungacha bo’limni quyidagi professor –o’qituvchilar boshqarib belganlar:

Pak A.
Kurbanov T. 1982-1984
Rashidov M.M. 1984-1995
Djurayev X.F. 1994-1996
Xodjiyev Sh. 1996
Sharopov O.U. 1997-1998
Bibutov N.S. 1998-2005
Kuliyev N.S. 2005-2008
Isabayev I.B. 2009
Azimov U.N. 2009-2011
Sadullayev N.N. 2011-2012
Bazarov G.R. 2012-2014
Adizov R.T. 2014 y.dan h.v.

 

  • Institut ilmiy – tadqiqot  bo’limi quyidagi asosiy yo’nalishlarda faoliyat olib boradi:
  • -institutni ilmiy –tadqiqot faoliyatni tashkil etish va o’zaro muvofiqlashtirish;
  • – xalq xo’jaligini rivojlantirishning ilmiy va ilmiy – texnikaviy muammolari echimini aniqlashda institutni ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
  • – yangi material, texnika va texnologiyalarni  yaratishda ilmiy – tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
  • – ilmiy izlanishlar  natijalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish  bilan tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini yaxshilash;
  • – ITI larining moddiy-texnikaviy bazasini mustaxkamlash;
  • – ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh texnologiya va texnikani yaratish ishlarini mujassamlashtirish.

BuxMTIning ilmiy faoliyati – fundamental va amaliy izlanishlar natijalarining o’quv jarayoniga, ishlab chiqarishga tadbiq etish; institut material va eksperimental ishlab chiqarish bazasini mustaxkamlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va tashqi bozorga olib chiqishga ko’maklashish; informatika, marketing, patent-litsenzion, konsultatsiya, axborot xizmatlari, kichik o’lchamli va kamtonnajli ilmiy-texnikaviy mahsulot ishlab chiqarishga ko’maklashishga qaratilgan. ITI ning tematik rejasi kafedralarning ilmiy yo’nalishiga mos ravishda belgilanadi, institut ilmiy kengashida ko’rib chiqiladi va rektor imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) institut ilmiy yo’nalishlari asosida joriy yilga va uzoq muddatga rejalashtiriladi, ilmiy mavzuning rahbari tomonidan mustaqil ravishda boshqariladi.

Ilmiy yo’nalishlar va tadqiqotlar mavzusi mujassamlashgan reja BuxMTI ilmiy kengashi tomonidan rektor tasdiqiga tavsiya qilinadi va u rektor imzosi bilan tasdiqlanadi.

ITI ni bajarilish va ilmiy – texnikaviy yangilikni tadbiq etish muddatini qisqartirish ilmiy izlanishni samarasini oshirish uchun BuxMTIda vaktinchalik ijodiy jamoa, muhandis va ilmiy – texnikaviy markaz, talabalar va iktidorli yoshlarni ilmiy va texnikaviy ijodiy markazi, kichik korxona tuzilishi mumkin. Ilmiy – tadkikot ishlanmalari shartnoma asosida tadbiq etiladi.

2015 yildan institutda “Ilmiy tadqiqotlarni integraciyalash va innovaciyalar”  markazi o’z faoliyati yanada rivojlantirildi. Markaz tarkibida “Oziq-ovqat texnologiyalari” o’quv-ilmiy markazi va “Bilimlar transferi ofisi” tashkil etildi. Institutda ilmiy – tadqiqot faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Talabalari innovacion g’oyalari va biznes – loyihalari” va “Eng yaxshi ilmiy-innovacion kafedra” tanlovlari nizomlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. “E-line press” kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib Web of Science  ilmiy  axborotlar bazasiga hamda Oksford universiteti kutubxonasiga ulanildi.

INSTITUTNING ILMIY – TADQIQOT FAOLIYaTINI USTIVOR YO’NALISHLARI

Institutdagi barcha kafedralarning  ilmiy – tadqiqot ishlari quyida keltirilgan 9 yo’nalishga umumlashtirilgan bo’lib pedagog-xodimarning ilmiy ish rejalari asosida amalga oshiriladi.

  • Birinchi yo`nalish.  Yuqori molekulali va kompleksli birikmalarning tuzilishi va fizik-kimyoviy usullar bilan tekshirish («Tabiy fanlar» kafedrasi).
  • Ikkinchi yo`nalish. «Materiallarni kuchlanishlar ta’sirida deformatsiyalanishi” («Mexanika», «Texnologiyalar va jihozlar», «Chizma geometriya  va muhandislik grafika» kafedralari).
  • Uchinchi  yo`nalish. Engil  sanoati texnologik mashinalarining asosiy ishchi organlari konstruksiyalarini va texnologik jarayonlarini mukammallashtirish yo’llarini izlash.(“YESTJ “kafedrasi)
  • To’rtinchi yo`nalish Ishlab chiqarish korxonalarida mavjud mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari” (“Menejment” kafedrasi)
  • Beshinchi  yo`nalish..  O`rta Osiyo regioni sharoitida muhandis muallimchilik fanlarini o`qitishni takomillashtirish va aktiv usullarini tadbiq etish («Ijtimoiy fanlar”, «Xorijiy tillar», «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari» kafedralari).
  • Oltinchi  yo`nalish. Tutash muhitlar mexanikasining aktual masalalarini sonli  modellashtirish («Axborot kommunikatsiya texnologiyalari», «Mexanika», «Oliy matematika» kafedralari).
  • Ettinchi yo`nalish Demokratik jamiyat qurish va komil insonni shakllantirish («Ijtimoiy fanlar» kafedrasi).
  • Sakkizinchi yo`nalish “Neft-gaz kimyo sanoati energiyada va resurs tejamkor texnologiyalar muamolari va ularning echish choralari», «Neft gaz kimyo sanoati texnologiyasi»  kafedrasi).
  • Tuqqizinchi yo’nalish Sanoat korxonalari va taqsimlovchi tarmoqlarni energiya samaradorligi axborot tahliliy tizimlarini yaratish (“Elektroenergetika” kafedrasi)

Innovatsion faoliyat

Institutda fan va ta’lim integratsiyasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Fanlar akademiyasi va turdosh oliy o’quv yurtlari olimlarini mos ixtisoslik bo’yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi. Hozirgi paytda mutaxassislik kafedrasi ixtisoslashuviga mos zamonaviy korxonalar bilan kafedralarda ilmiy-texnologik muammolarining yagona axborot bazasi shakllantirilgan va yangi muammolar axborot bazasi to’ldirilgan. Mutaxassis chiqaruvchi  kafedralarida  etuk professor-o’qituvchi, doktorantlar, iqtidorli talabalar va tegishli ishlab chiqarish  korxonalari  vakillari tarkibidan  iborat 8 ta innovacion guruhlar shakllangan. 21 ta korxona bilan shartnoma asosida innovacion hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Innovacion guruhlarda 72 nafar professor-o’qituvchi, 24 nafar ishlab chiqarish korxonasi vakili, 10 nafar magistr, 24 nafar bakalavrlar, 18 nafar doktorantlar va 6 nafar mustaqil – izlanuvchi biriktirilgan.

Ushbu hamkorlik doirasida muammolar bazasi asosida 78 ta bitiruv malakaviy ishlari, 47ta magistrlik dissertatsiyalari va 17 ta doktorlik dissertatsiyalari mavzularini aniqlangan. 2017 yil davomida innovacion guruh a’zolari tomonidan 10 ta monografiya, 442 ta chet el jurnallarda, 188 ta respublika jurnallarida va 602 ta xalqaro anjumanlarda maqolalar chop qilindi, 25 ta patent va mualliflik  guvohnomalar olindi.

 IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida  16-17 may kunlari  “Menejment”  fani bo’yicha o’tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasida “E va ICHAKT” fakultetidagi “Menejment” kafedrasi  dots.Ro’zieva D.I. rahbarligida 14-14 MNDT guruh talabasi Abdullaev Javoxir   2-urinni egalladi.

Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari: Og’amurodov Jaloliddin Jobirovich  va To’xtayev Baxriddin Baxtiyor o’g’li 14-14 NGKST guruh talabalari bo’lishdi.

Islom Karimov Davlat stipendiyasi sovrindorlari: Madjidova Marvarid Hakim qizi 4-14 MESTJ guruh talabasi bo’lishdi.

INSTITUTNING ILMIY – PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH BO’YICHA ISTIQBOLLI REJASINING BAJARILISHI

2017-18 o’quv yilida rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida belgilangan ustivor vazifalar:

  • Institut reyting ballarini me’yoriy ko’rsatkichlar doirasida ta’minlash;
  • Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabulni yangi nizom talablari bo’yicha tanlov asosida tashkil etish;
  • Institutda ilmiy – tadqiqot faoliyatni rivojlantirish strategiyasini amalda joriy etilishini ta’minlash
  • Kafedralar qoshidagi fan, ilmiy – ijodiy to’garaklarga iqtidorli talabalarni keng jalb qilish va ular bilan tizimli faoliyat olib borish orqali fan olimpiadalarida, innovacion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar yarmarkalarida, turli tanlovlarda, turli musobaqalarida ishtirokini ta’minlash;
  • Iqtidorli talaba-yoshlarni innovaciyalar markazida tashkil etilgan “Innovacion g’oyalar generaciyasi” klubi va to’garaklar faoliyati asosida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga keng jalb etish;
  • Innovacion markazlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy – ijodiy markazlar, innovacion klublarga iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistrlarni jalb etish;
  • Xalqaro grantlari asosida olib kelingan laboratoriya jihozlarni ishlab chiqarishdagi muammolar echimiga yo’naltirilgan loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarning doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutlari orqali dissertatsiyalarini o’z vaqtida himoya qilishga imkoniyatlar yaratish;
  • Professor-o’qituvchilarning innovaciya markazi tomonidan ishlab chiqilgan nizomlar asosida tanlovlar o’tkazib samarali ilmiy tadqiqot faoliyatini rag’batlantirish tizimini takomillashtirish;
  • PK-2909 qarorida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin ilmiy hamkorlik aloqalari o’rnatish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo’yicha «Iste’dod» fondi imkoniyatlaridan foydalanib istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni (magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarni) xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish;
  • PK-2909 qarori doirasida imzolangan shartnomalarda ko’rsatilgan ilmiy faoliyatga oid vazifalar ijrosini ta’minlash va xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda stajirovkasini o’tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish
  • Institutning akademik ilm-fan bilan integraciyalashuvini kuchaytirish;
  • Institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot faoliyatini ishlab chiqarish korxonalari talab va ehtiyojlariga moslashtirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o’quv, ayniqsa ilmiy-laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash
  • Iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistrlar, tayanch doktorant va doktorantlarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron ma’lumotlari bazalariga (WEB of SCIENCE, EPSCO, SCOPUS va boshqa) kirish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarini xorijiy hamkorlikda tashkil etishni kuchaytirish maqsadida tadqiqotchilarni chet tilini o’rganish bo’yicha va xorijiy tanlovlarda ishtirok etishi bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar yaratish
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari innovacion g’oyalari va biznes – loyihalari va “Eng yaxshi ilmiy-innovatsion kafedra” tanlovi nominaciyalarini ko’paytirib tadqiqotchilarni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.