Ilmiy-tadqiqot faoliyat

Davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati

Institut olimlari tomonidan 2018 yilda jami 744,119 mln. so’mlik 11 ta davlat grantlari asosida (7 ta amaliy, 2 ta fundamental, 1 ta innovacion va 1 ta yosh olimlarning amaliy granti) loyiha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu ko’rsatkich 2016 yildagidan 1,5 barobarga yuqori bo’lib hisoblanadi.

Bu loyihalarda jami 31 nafar ilmiy izlanuvchi va 13 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdilar. Hozirgi kunda institutimizda 2 ta xalqaro grant asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu loyihalarda jami 40 nafar ilmiy izlanuvchilar va 7 nafar iqtidorli talabalar qatnashmoqda. 2018 yilda  ishlab chiqarish korxonalar bilan tuzilgan 14 ta xo’jalik shartnomalari asosida  274,0 mln.so’mlik loyihalar amalga oshirildi. 2016 yilda esa, bu ko’rsatkich 34.5 mln.so’mga teng bo’lgan edi.

BuxMTIda innovatsion faoliyat

2018 yilda institut professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 83 ta korxonaning 186 ta ilmiy-texnik muammolari o’rganilib chiqilgan. 2017 yilda 36 ta korxonaning 64 ta muammolari o’rganib chiqilgan edi. 2016 yilda institut olim va mutaxassislari 21 korxonaning 69 muammolarini o’rganib chiqish bilan shug’ullanishgan.