“Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovining asosiy natijalari

“Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovining asosiy natijalari

“Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi Buxoro muhandislik – texnologiya Instituti Kengashining 2018 yilning 16 yanvarida bo’lib o’tgan 4-sonli majlisida qayta tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi. Ko’rik – tanlov 2017 yil davomida institutda eng yaxshi ilmiy-innovacion va tadbirkorlik faoliyatlarini olib borgan ilmiy jamoalarga, shuningdek, pedagog – xodimlarga baho berish hamda Nizomda keltirilgan tegishli rag’batlantirishlar vositasida institutda ilmiy-innovacion-tadbirkorlik faoliyatlarini jadallashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Tanlovni xolisona o’tkazish maqsadida institut rektorining 2018 yil 10 martdagi 36-U(01)-sonli buyrug’iga asosan 9 kishidan iborat tanlov komissiyasi tashkil etildi. Tanlovni o’tkazishni tashkiliy jihatdan yaxshilash uchun baholash mezonlarining alohida bo’limlari uchun alohida komissiya a’zolari biriktirib qo’yildi va ekspertlarning har biri o’ziga biriktirilgan bo’lim doirasidagi baholash natijalarining taqdim etishdi. “Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi joriy yilning 20 martidan 30 martigacha taqdim qilingan hujjatlar asosida o’tkazildi. Har bir bo’limlar bo’yicha ballar umumlashtirilib barcha nominaciyalar bo’yicha ishtirokchilarning hujjatlari tegishli o’rinlarga loyiq, deb topildi.

Tanlov komissiyasi 2018 yil 30 martdagi yig’ilishi qaroriga binoan tegishli nominasiyalar bo’yicha da’vogarlarning quyidagi o’rinlarni egallaganligi aniqlandi va institut Ilmiy-texnikaviy kengashi va Institut Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etildi. Tanlov natijalari institut Ilmiy-texnikaviy kengashining 04 apreldagi 4-sonli va Institut Kengashining 12 apreldagi 7–sonli yig’ilishlarida muhokama qilindi. “Eng faol ilmiy-innovacion kafedra” nominasiyasi natijalari (natijalar 1-jadvalda to’liq keltiriladi) ko’proq muhokamalarga sabab bo’ldi. Ilg’or kafedralarning faolligi e’tirof etilib, past reyting ballari olgan kafedralarda ko’rsatkichlarni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olinishi ta’kidlab o’tildi.

Institut Kengashining 12 apreldagi 7-sonli yig’ilishida g’olib va sovrindorlar diplomlar bilan taqdirlandi va ko’rik-tanlov Nizomida keltirilgan miqdorlardagi taqdirlashlarga tavsiya etildi.

 

“Eng faol ilmiyinnovasion kafedra” nominasiyasi g’oliblari uchun:

1-o’rin. “Oziq-ovqat texnologiyasi va sanoat ekologiyasi” kafedrasi – diplom va 20 minimal ish haqi miqdorida;

2-o’rin. “Menejment” kafedrasi – diplom va   15 minimal ish haqi miqdorida;

3-o’rin.“ Mexanika” kafedrasi – diplom va  10 minimal ish haqi miqdorida.

1-jadval. “Eng faol ilmiyinnovasion kafedra” nominasiyasi

Kafedralar nomi Ilmiy salohiyat Joriy yilda ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi Nashr ettirish faoliyati Innovasion va tashkiliy-ilmiy faoliyatlar Yosh olimlar va iqtidorli talabalar bilan ishlash Tadbirkorlik faoliyati Jami ball: shtat birligi o`rtacha ballar
1 OOT va sanoat ekologiyasi 710 1130 1173 633 278 0 3924 16 245,25
2 Menejment 840 660 1478 940 1037 0 4955 22,75 217,80
3 Mexanika 710 172 1220 213 676 0 2991 13,75 217,53
4 To’qimachilik 190 410 340 29 13 6 988 6 164,67
5 TJBAKT 1350 1636 1056 180 192 410 4824 39,75 121,36
6 Mashinasozlik texnologiyasi 270 365 955 95 641 280 2606 25 104,24
7 Kimyoviy texnologiyalar 50 160 585 960 364 0 2119 22,25 95,24
8 Elektrotexnika 530 460 1411 106 120 30 2657 28 94,89
9 NGKST 1070 360 2295 40 348 0 4113 44 93,48
10 AKT 330 460 438 145 86 300 1759 19 92,58
11 ESTJ 920 0 1317 780 382 0 3399 37 91,86
12 Tabiiy fanlar 400 720 1838 405 0 6 3369 39 86,38
13 Oliy matematika 500 150 1035 170 44 0 1899 22,15 85,73
14 Ijtimoiy fanlar 900 80 500 360 40 0 1880 23 81,74
15 Kasbiy ta’lim 960 100 527 74 341 0 2002 26,5 75,55
16 TJ 210 416 260 155 24 0 1065 17,25 61,74
17 Tillar 100 0 664 0 0 0 764 20,2 37,82
18 CHG va MG 200 0 401 0 0 0 601 16,5 36,42
19 Ingliz tili 0 0 606 170 0 0 776 28 27,71
20 Jismoniy madaniyat 50 0 183 0 0 0 233 10 23,30

 

“Eng faol tadbirkor kafedra” nominasiyasi g’oliblari uchun:

Hujjatlar kelib tushmadi.

 

“Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi” nominasiyasi g’oliblari uchun:

1-o’rin. Oltiev Azim – diplom va 10 minimal ish haqi miqdorida;

2-o’rin. Djuraeva Nafisa – diplom va   8 minimal ish haqi miqdorida;

3-o’rin.  Alimov A’zam  – diplom va  5 minimal ish haqi miqdorida.

“Eng faol ilmiy ishlar muallifi” nominasiyasi g’oliblari uchun:

1-o’rin.  Jo’raev Tojiddin – diplom va 10 minimal ish haqi miqdorida;

2-o’rin. Axmedov Maqsud – diplom va   8 minimal ish haqi miqdorida;

3-o’rin.  Teshaev Muxsin  – diplom va  5 minimal ish haqi miqdorida.

“Eng faol ilmiy ustoz” nominasiyasi g’oliblari uchun:

1-o’rin.  Majidov Qahramon Xalimovich – diplom va 10 minimal ish haqi miqdorida;

2-o’rin. Astanov Solih Xusenovich – diplom va   8 minimal ish haqi miqdorida;

3-o’rin.  Isabaev Ismoil Babadjanovich  – diplom va  6 minimal ish haqi miqdorida.

“Eng faol tadqiqotchi-olim” nominasiyasi g’oliblari uchun:

1-o’rin.  Gafurov Karim Xakimovich – diplom va 10 minimal ish haqi miqdorida;

2-o’rin. Ashurov Furkat Baxranovich – diplom va   8 minimal ish haqi miqdorida;

3-o’rin.  Abduraxmonov Olim Rustamovich  – diplom va  5 minimal ish haqi miqdorida.

 

            Tanlovning g’olib va sovrindorlarini institut rahbariyati tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatlariga rivoj tilaydi.