Ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq, barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tegishlidir.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) muvofiq, oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olish huquqiga ega. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun kontrakt (shartnoma)ni tuzish tartibi va shartlari «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (ro‘yxat raqami 795, 1999 yil 6 avgust) bilan belgilanadi.
2. Oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar quyidagi ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olishlari mumkin:

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;
  • bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;
  • magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin bo‘lgan turdosh magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqiga ega ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda oliy ta’lim muassasalarida ularning bakalavriat va magistraturasiga qabul ko‘rsatkichlari real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun malakali kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojga hamda ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun abiturientlar qabulini ta’lim muassasasi qabul komissiyasi amalga oshiradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari ta’lim muassasasi uchun muayyan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘rnatilgan qabul rejasidan (muvofiq ravishda bakalavriat va magistratura bo‘yicha) ortiq bo‘lishi mumkin emas.
4. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
  • oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
  • Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

5. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun hujjatlar 20 iyuldan 20 avgustgacha qabul qilinadi.
6. Ta’lim muassasasining qabul komissiyasi kiruvchilarning bilim darajasini baholash maqsadida shakli va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladigan sinovlar o‘tkazish huquqiga ega.
7. Ta’lim muassasasi quyidagilarni mustaqil hal qiladi:

  • hujjatlar qabul qilish;
  • hujjatlarni qabul qilishda va ularning haqiqiyligini aniqlashda qabul komissiyasi mas’uliyatini oshirish;
  • ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish bo‘yicha kiruvchining birinchi ma’lumoti bilan taqqoslangan holda, o‘quv rejalari va dasturlaridagi farqlarni aniqlash;
  • o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlar asosida ta’lim muassasasida o‘qitish kursini belgilash (birinchi yoki ikkinchi kursdan yuqori bo‘lishi mumkin emas);
  • kiruvchining tegishli kursda o‘qish uchun o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini belgilash.

8. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarni talabalar safiga qabul qilish ta’lim muassasasining qabul komissiyasi qaroriga asosan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, 15 sentyabrdan kechiktirilmay ta’lim muassasasining rektori (direktori) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
9. Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha o‘quv jarayoni mazkur ta’lim muassasasida amalda kadrlar tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) va ta’lim shakli bo‘yicha, shuningdek, talaba qabul qilingan kursga oid amaldagi normativ-uslubiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.
10. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha talabalar safiga qabul qilingan shaxslar o‘zlashtirishi ularning bilimini nazorat qilishning reyting tizimiga asosan baholanadi.
11. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotini olgan shaxslarga, davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha, davlat namunasidagi hujjat (diplom, ilova bilan) beriladi.
12. Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotini olish bo‘yicha qabulni tashkil etish va amalga oshirish mas’uliyati ta’lim muassasasining rektori (direktori) zimmasiga yuklatiladi.

УСТАВ

О порядке получения второго и дальнейшего  образования в образовательных учреждениях Республики Узбекистан

Данный устав «Об образовании»   Республики Узбекистан (Ахборотнома, Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 1997 г., 9-номер, статья-225) и «Национальная программа о подготовке кадров») (Ахборотнома, Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 1997 г., 11-12-номер, статья-295) в соответствии с законом относится  ко всем учреждениям высшего и средне-специального образования.

  1. I. Общие правила
    В соответствии с Законом Республики Узбекистан «Об образовании» (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1997 г., № 9, ст. 225) лица с высшим (средним специальным, профессиональным) образованием вправе получать второе и последующее высшее (среднее специальное, профессиональное) образование в порядке, установленном в пункте 2 настоящего Положения.

Получение второго и последующего высшего (среднего специального, профессионального) образования осуществляется на платно-контрактной (договорной) основе.

Порядок и условия заключения контракта (договора) для обучения на платно-контрактной основе устанавливаются Положением о платно-контрактной форме обучения в образовательных учреждениях Республики Узбекистан и порядке расходования поступивших средств (зарегистрировано МЮ 6 августа 1999 года № 795).

  1. лица имеющие высшее (средне-специальное, профессиональное) образование могут получить второе и дальнейшее высшее образование:

Личность,  имеющий средне-специальное, профессиональное образование может получить по направлениям средне-специальное, профессиональное образование;

бакалавр и специалист ,имеющий дипломпо направлению образования бакалавриата;

– лица, имеющие степень магистра, – по образовательным направлениям бакалавриата и смежным магистерским специальностям.

Перечень специальностей магистратуры, по которым можно получить второе и последующее высшее образование, устанавливается Министерством высшего и среднего специального образования.

  1. Перечень образовательных учреждений, обладающих правом подготовки кадров по второму и последующему высшему (среднему специальному, профессиональному) образованию, как и показатели их приема в бакалавриат и магистратуру в высших образовательных учреждениях, устанавливаются Государственной комиссией по приему в образовательные учреждения Республики Узбекистан с учетом реального спроса на квалифицированные кадры для отраслей и сфер экономики, а также научно-педагогического потенциала и материально-технической базы образовательного учреждения.
  • Прием абитуриентов для получения второго и последующего высшего (среднего специального, профессионального) образования осуществляет приемная комиссия образовательного учреждения. Показатели приема по второму и последующему высшему образованию не могут превышать установленного плана приема (соответственно, по бакалавриату и магистратуре) по определенным образовательным направлениям (специальностям) для образовательного учреждения.
  • Лица, желающие получить второе и последующее высшее (среднее специальное, профессиональное) образование, представляют в приемную комиссию образовательного учреждения следующие документы:
  • – заявление на имя ректора (директора) образовательного учреждения;
  • – диплом государственного образца о высшем (среднем специальном, профессиональном) образовании (оригинал) с приложением (при этом дипломы иностранных образовательных учреждений, выданные после 1 января 1992 года, должны быть нострифицированы в установленном порядке);
  • – 6 фотографий размером 3,5 x 4,5 см;
  • – медицинскую справку по форме № 086-У;
  • – копии паспорта и документа о принадлежности к воинской службе.
  • Паспорт и документ о принадлежности к воинской службе предъявляются лично.
  • Документы для получения второго и последующего высшего (среднего специального, профессионального) образования принимаются с 20 июля по 20 августа.
  • Приемная комиссия образовательного учреждения для оценки уровня поступающих вправе проводить проверку знаний, форма и порядок которой согласовывается с Министерством высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан.
  • Образовательное учреждение самостоятельно решает следующие вопросы:
  • – приема документов;
  • – повышения ответственности приемной комиссии при приеме документов и определении их подлинности;
  • – определения разницы в учебных планах и программах, в зависимости от первого образования лиц, поступающих для получения второго и последующего высшего (среднего специального, профессионального) образования;
  • – установления курса обучения в образовательном учреждении (не выше первого или второго курса) на основе разницы, определенной в учебных планах и программах;
  • – установления порядка и сроков сдачи разницы, определенной в учебных планах и программах, для обучения поступающего на соответствующий курс.
  • Прием студентов, поступивших на учебу по второму и последующему высшему (среднему специальному, профессиональному) образованию, оформляется приказом ректора (директора) образовательного учреждения после перечисления (уплаты) в установленном порядке средств, размер которых определен на основании решения приемной комиссии образовательного учреждения в контракте на обучение, но не позднее 15 сентября.
  • Учебный процесс по подготовке кадров по второму высшему образованию организуется по образовательным направлениям (специальностям) по форме образования, действующей в настоящем образовательном учреждении, а также на основании действующих нормативно-методических документов, относящихся к курсу, на который принят студент, и правил, установленных Министерством высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан.
  • Успеваемость студентов, принятых на второе и последующее высшее (среднее специальное, профессиональное) образование, оценивается на основании рейтинговой системы контроля.
  • Лицам, получившим по итогам государственной аттестации второе и последующее высшее (среднее специальное, профессиональное) образование, выдается документ (диплом с приложением) государственного образца.
  • Ответственность за организацию и осуществление приема для получения второго и последующего высшего (среднего специального, профессионального) образования возлагается на ректора (директора) образовательного учреждения.