Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Kafedra mudiri: f.f.n. Mastonov Karomat Xidoyatovich
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: ijtimoiy_fanlar@bmti.uz


2005 yilning avgustida institutda faoliyat ko’rsatib kelgan “O’zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Siyosatshunoslik va huquq” kafedralari birlashtirilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ- 1533-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga muvofiq Buxoro oziq-ovqvat va engil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandik-texnika institutiga aylantirilganligi va institut tarkibiy tuzilishining o’zgarganligi munosabati bilan institut rektorining 2011 yil 28 avgustdagi 84-U buyrug’i bilan kafedra “Tarix va falsafa” deb nomlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida” gi PQ- 1954 sonli qaroriga binoan institut tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan o’zgarishlar natijasida “Tarix va falsafa” kafedrasi «O’zbekiston tarixi» kafedrasi deb nomlandi.
2015 yilning fevralidan institut Ilmiy kengashining qaroriga asosan “ O’zbekiston tarixi” kafedrasi deb nomlandi.
2017 yil 7 avgustidan Ilmiy kengashining qaroriga asosan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedrani dotsent K.X.Mastonov boshqarmoqda.
Kafedrada “O’zbekiston tarixi”, Falsafa, “Dinshunoslik”, “Madaniyatshunoslik”, “Sotsiologiya”, “Siyosatshunoslik”, “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlari o’qitiladi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi: 8 nafar dotsent, 3 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi, 8 nafar assistentdan iborat.
Kafedrada “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy omillari” mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ilmiy- tadqiqot 3 yo’nalishni qamrab oladi.
– XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol.
– Komil insonni shakllantirishning falsafiy va metodologik muammolari
– Mustaqillik sharoitida jamiyatni demokratlashtirish masalalari
Kafedrada 2002 yildan boshlab yil xususiyatiga nomiga bag’ishlangan va 2008 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilingan kunga bag’ishlab ilmiy-nazariy konferensiyalar o’tkazib kelinmoqda. Shuningdek, 2007 yildan boshlab “Tarixiy xotira –ma’naviyat asosi” mavzuidagi an’anaviy ilmiy-nazariy konferenciya o’tkaziladi.
Har bir ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarining ma’ruzalari tezislari alohida to’plam sifatida chop etilishi yo’lga qo’yilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hisobot davrida iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan ishlash borasida ma’lum ishlar amalga oshirildi.
Talabalarning faolligini ta’minlash borasida fan to’garaklari ishi o’z ta’siriga ega. Kafedra fanlari bo’yicha to’garak ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, yosh olimlarga limiy-pedogogik faoliyatiga tajribali murabbiylar tomonidan amliy ko’mak berilmoqda.
Institutning rejasi asosida o’tkaziladigan an’anaviy talabalar anjumanlarida kafedra fanlari bo’yicha talabalar faol ishtirok etdilar va ularning ma’ruzalari tinglandi .
Kafedra bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi ijtimoiy–gumanitar soha tadqiqot institutlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa Tarix instituti bilan ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzulari ushbu institut huzuridagi muvofiqlashtiruvchi Kengash muhokamasidan o’tkazilmoqda. Shuningdek kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha tayyorlangan maqolalar ushbu institut huzuridagi jurnallarda chop ettirilmoqda.
Kafedra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti, Buxoro Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Toshkent Islom universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda malaka oshirish markazlari bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, bugungi kunda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ni keng targ’ibot-tashviqotini olib borish bo’yicha o’quv-seminarlar tashkil etildi.“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilib, unda respublika oliy ta’lim muassasalari, viloyatdagi Akademik licey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatayotgan 140 nafar professor-o’qituvchilarning ma’ruza tezislari alohida to’plam sifatida chop ettirildi.
Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etish uchun kafedrada 4 to’garak faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, “Yosh huquqshunos maslahatchi” (Rahbari M.M.Alimova a’zolari 12 nafar), “Iqtidor” (Rahbari dots. G.S.Yunusova va dots. E.X.Zoirov a’zolari 15 nafar),“O’lkamiz tarixini o’rganamiz” (Rahbari t.f.n.N.U.Nurmatova, a’zolari 25 nafar), “Yosh etakchi” (Rahbari: D.O. G’afurov, a’zolari 20 nafar).
Kafedra huzurida tashkil etilgan to’garaklar faoliyatiga iqtidorli talabalar jalb etilgan, to’garaklar rejasi asosida ishlar olib borilgan, olib borilgan ishlar va o’tkazilgan to’garak yig’ilishlari bo’yicha kafedra yig’ilishlarida har yarim yillikda kafedra yig’ilishlarida ko’rib chiqib muhokama etilgan.