“Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz”

“Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz”

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Men xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” mavzularida tadbir o’tkazildi. Tadbirda so’zga chiqganlar yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik va uning og’ir oqibatlari bugun butun jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgani, mamlakat mustaqilligining, taraqqiyotining taqdiri avvalo yoshlarga, ularga qanday ta’lim-tarbiya berilayotganiga bog’liq ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, jamiyatda ota-onalarning rolini oshirish bilan birga yoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga hamda qonunga itoatkorlik xulqini shakllantirishga  qaratilgan tarbiyaviy va tashkiliy xususiyatga ega bo’lgan keskin choralar ko’rish, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning ishtirokini ta’minlovchi qonun normalarini shakllantirish zarurligi alohida qayd etildi.

Translate »