Blog

Haqiqiy chempionlar yana shoxsupada yoki buyuk qaytish (Come back)!

Hech qachon saytlarda bundan oldin ma`lumot tayyorlamaganligimni inobatga olib, o`ylaymanki ba`zi kamchiliklarimni to`g`ri tushunasizlar degan umiddaman. Lekin mavzudan chetlashmaylikda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bugunning eng xushxabar yangiliklari bilan sizni quvontirmoqchiman. Chunki 17-19 may 2017 yilda o`tkazilgan institut miqiyosidagi professor-o`qituvchilar va xodimlar o`rtasida futbol musobaqasida zamonaviy futbol jargoni bilan aytganda buyuk “Came back”(qaytish) bo`ldi, ya`ni institut tarixida futbol bo`yicha 8 karra chempionlikka ega bo`lgan va bugun 9-marotaba chempionlik shoxsupasiga yana bir marotaba chiqqan “ZiyoNET” jamoasi bo`ldi.
Bu yangilikning eng muhim tomoni shundaki bu jamoa sakkizinchi marotaba chempionlik shoxsupasini egallaganidan so`ng, ikki yillik tanafusdan keyin esa yana kim haqiqiy champion ekanligini ko`rsatib qo`ydi desam adashmayman. Mumkin yillar o`tib yosh avlod, ya`ni yangi boshqa jamoalar chempion bo`lishar mumkin va ularga biz omad tilaymiz. Faqat ularga chiroyli o`yin va mardonavor kurashib chempion bo`lishni istab qolardik. Bugungi chempion jamoa esa mana shunday mardlarcha o`yinga tushub, tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo`lib, chiroyli o`yini bilan chempionlikka haqiqiy erishgan jamoa va albatta bu jamoani tarkibini keltirib o`tsak tarix oldida o`z burchimni ado etgan bo`laman deb o`ylayman!
Chempion “ZiyoNET” jamoasi (Elektrotexnika va ichlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fakulteti nomidan, ilgari “Kasbiy ta`lim” nomi bilan 8 karra futbo`l bo`yicha institut chempionlari):
1. Mirzayev Narzullo
2. Xalilov Fayoz
3. Fayziev Shavkat
4. Nurullayev Mirxon
5. Ibragimov Ulug`bek
6. Ismoilov Hayot
7. Asrayev Zafar
8. Jo`rayev Olim
9. Mo`minov Haydar
10. Nafasov Mirzo
11. Xo`janazarov Zayniddin
Men albatta so`zim oxirida bu jamoaga muxlislik qilgan barcha muxlislarga va institutimizning “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o`qituvchisi Otabek Hayitovga ushbu turnirni tashkilashtirishda hissasini qo`shgani uchun alohida tashakkurimni aytib o`tmoqchiman!
Yana bir marotaba chempionlik muborak va haqiqiy chempionlarning qaytishi bilan….

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *