Blog

[:uz]Giyohvandlik, huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosiga qarshi kurash[:]

[:uz]

2017 yil  21 dekabr  kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 1-binosi 105 auditoriyasida “YSTJ” kafedrasi o’qituvchilari, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi  va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida hamda 1-2-3 bosqich talabalar ishtirokida . “Giyohvandlik, huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosiga  qarshi  kurash”mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

1.Tadbirni “ES”fakulteti dekani doc.S.S.Musaev ochib,hamkorlik uchun viloyat ichki va prokuraturasi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi va yoshlarga internet orqali bo’ladigan g’oyaviy tahdidlar va ularning zararli oqibatlari haqida gapirdi.

Buxoro viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i  X.SHirinov so’zga chiqib,talaba yoshlarni  joriy yilning  5 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta’minlashga,xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan  yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF -4848 Farmoni va 21.10.2016 yildagi “Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4850-sonli Farmoni bilan odil sudlovni amalga oshirishga erishish,sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini,fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlashida huquqiy asos yaratilganligi va” to’g’risida  farmon va qarorlarning mazmun va mohiyati bilan tanishtirdi.Yoshlarga kasb-hunar bilan va o’z tadbirkorlik faoliyatini ochish bilan yanada keng imkoniyatlarga ega bo’lishlarini uqtirdi.

  1. “Giyohvandlik, huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida Buxoro viloyat IIB tergov bo’limi tergovchisi O.Bozorov so’zga chiqib yoshlar o’rtasida giyohvandlik va huquqbuzarlik kabi jinoiy ishlar ,sodir qilingan jinoyatlar va ularga nisbatan ko’rilgan jazo choralari haqida gapirdi.

Buxoro viloyat IIB bo’lim boshlig’i O.Qurbonov so’zga chiqib,odam savdosi haqida uning   salbiy oqibatlari va sodir qilingan   jinoyatlarning videolavhalarini ko’rsatib, ularga izoh berdi.

4.”Davrimiz illatlari-ma’naviyatimiz kushandasi”ma’ruzasi  bilan     “O’zbekiston tarixi”  kafedrasi  docenti  F.Bafoev so’zga chiqdi va yoshlarga yod g’oyalarning yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida,bu ta’sirlarga ayniqsa e’tibordan chetda qolib ketayotgan, deyarli biror joyda ishlamaydigan, o’qimaydigan qizlar, yigitlar tushib qolayotganligi,buni oldini olish uchun, yoshlarni ma’naviy –ma’rifiy ishlarga,kitob o’qishga, foydali mehnat bilan shug’ullanishga jalb etish kerakligi haqida gapirdi.

Tadbir  oxirida  “Hech kimga bermaymiz  seni O’zbekiston” shiori ostida 22-15 ESTJ  guruhi  talabalari  chiqib, O’zbekistonni  – vatanni  madh  etuvchi  she’rlar ,qo’shiqlar, videolavhalar va ko’rinishlari bilan suhbat qatnashchilarini  xushnud  etishdi.

[:]

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.