Blog

Gaz xo’jaligi xavfsizlik qoidalari

“LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”da “Gaz xo’jaligi xavfsizlik qoidalari” mavzuida seminar trening o’tkazildi
S.S. Mirzaev

3 aprel 2017 yilda “NKST” kafedrasi katta o’qituvchisi S.S. Mirzaev tomonidan “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”da “Gaz xo’jaligi xavfsizlik qoidalari” mavzuida seminar trening olib bordi. Seminar treningda “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’i X.Yu. Xanbikov va “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” operator va injener texnik tarkibi ishtirok etdi. Kirish so’zi “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’i X.Yu. Xanbikovga berildi. U o’zining kirish so’zida “Gaz xo’jaligi xavfsizlik qoidalari” ishlab chiqarishda nechog’li muxim ekanligini ta’kidladi. “NKST” kafedrasi katta o’qituvchisi S.S. Mirzaev “Gaz xo’jaligi xavfsizlik qoidalari” xususida ma’ruza o’qidi. U o’zining ma’ruzasida Sanoatkontexnazorat tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik qoidalari, xususan Gaz xo’jaligidagi xavfsizlik haqida bosqich-ma, bosqich tinglovchilarga tushuntirib, har bir bo’lim xususida to’xtalib, ma’lumotlar bo’yicha ta’kidlab o’tdi. Ma’ruzada asosiy: Er osti va er usti gaz quvurlari, Quvurlar korroziyalari, Gazlarni m’yorlash punktlari va qurilmalari, Avariyalar likvidaciyasi va Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kabi bo’limlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Seminar trening yakunida tashkilotchi S.S. Mirzaev tomonidan o’tilgan ma’ruza yuzasidan savol-javoblar viktorinasi olib borildi. S.S. Mirzaev tomonidan berilgan savollarga tinglovchilar aniq va to’liq javoblar berishdi.

 

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.