Fikr bildirish qutilari- jamiyat rivoji

Fikr bildirish qutilari- jamiyat rivoji

Buxoro muhandislik texnologiya institutida Fikr bildirish qutilari joriy qilinganligi va ulardan qanday foydalanish lozimligi  haqida davra suhbati o’tkazildi.Tadbirda respublika miqyosida birinchi bo’lib Buxoro viloyatida yo’lga qo’yilgan mazkur tizimning o’ziga xosligi, ishlarni yuritish tamoyillari haqida slaydli ko’rgazma orqali ma’lumotlar berildi. Ta’magirlik va korrupsion holatlar bo’yicha boshqa tashkilotlar bilan olib borilayotgan samarali hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan mulohazalar tinglandi.

Sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish – davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Shu maqsadda sohada juda ko’plab amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu kabi tashabbuslar esa, tizimda uchrab turadigan korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olish, bemorlarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini oshirish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Seminarga yig’ilganlar o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan tibbiyot dargohlarida bu kabi ishlarni namunali tashkil etish uchun ko’proq nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligi borasida o’zlarini  qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Translate »