Fan va texnologiyalar taraqqiyoti jurnali

“Tahririy nashriyot” bo’limi Institut ilmiy kengashining 2014 yil 27 dekabrdagi 3-sonli yig’ilish bayoni bilan 29-dekabr 2014 yilda tasdiqlangan nizom asosida faoliyat olib boradi. Institut ilmiy kengashining qarori bilan “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnik jurnali tashkil etilib, uning nizomi Institut ilmiy kengashining 2014 yil 30 avgustdagi 4-sonli yig’ilish bayoni bilan  tasdiqlangan. Ushbu nizomga asosan tegishli xujjatlar “O’zbekiston matbuot va axborot agentligi”ga taqdim etildi.

22.09.2014 sanasida 05 – 066 raqam bilan “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” jurnali ommaviy axborot vositasi sifatida “O’zbekiston matbuot va axborot agentligi” tomonidan ro’yxatdan o’tkazilib, tegishli guvohnoma olingan. Muassis – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bo’lib hisoblanadi.

“Xalqaro standart turkum raqami” davlatlararo standartlar talablari asosida bo’lishini to’liq ta’minlash maqsadida, tegishli hujjatlar tayyorlanib taqdim etilgach, institutning “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnik jurnaliga  Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi  tomonidan  2017 yil  13-yanvardagi  № ISSN-C-8643-sonli hisob-kitob shartnomasi va 2017 yil 24-yanvar № ISSN-I-8643 schyot-fakturaga asosan  “Serial nashrning Xalqaro standart raqami – ISSN 1281-8193 olingan.

Shundan keyin “Tahririy nashriyot” bo’limi tomonidan jurnalga  professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va magistrlar hamda respublikamizdagi boshqa etakchi oliy o’quv yurtlari mushtariylarini obuna qilish maqsadida tegishli hujjatlar tayyorlanib, “Matbuot tarqatuvchi” OAK taqdim etildi va kompaniya tomonidan 25 aprel 2015 yilda jurnalga 3066 raqamli obuna indeksi olingan.

Institutning “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” jurnali mazmuni va mohiyati jihatidan talab darajasida bo’lib, Oliy Attestatsiya Komissiyasi rayosatining 29.03.2017 yildagi № 233/4 raqamli qarori bilan 02.00.00 – Kimyo fanlari hamda 05.00.00 – Texnika fanlari bo’yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan.

Jurnal fan va texnologiyalarning ilmiy-nazariy va ilmiy –amaliy soha yo’nalishlariga ixtisoslashgan bo’lib, quyidagi ruknlar bo’yicha o’z faoliyatini yuritib kelmoqda:

  1. Neft – gaz, kimyo sanoati
  2. Engil sanoat texnologiya va jixozlari
  3. Mashinasozlik va energetika
  4. Informatika va axborot –kommunikatsion tizimlar
  5. Aniq va ijtimoiy – iqtisodiy fanlar

Yuqorida bayon etilgan har bir ruknga tegishli ilmiy maqolalarni ichki ekspertizadan o’tkazish uchun ekspertlar guruhlari tuzilgan bo’lib, maqolalarning ilmiyligi, yangiligi, keltirilgan ma’lumotlarning dolzarbligi va haqqoniyligi ular tomonidan xolisona baholanib borildi.

Jurnalda o’zbek, rus va ingliz tilidagi maqolalar e’lon qilindi. Jurnalda institutimiz, respublikamizdagi boshqa oliy o’quv yurtlari, O’zR FA olimlarining maqolalari, shuningdek Rossiya, Bolgariya, Qozog’iston, Belorussiya kabi davlatlardan chet ellik olimlarning maqolalari jurnal sahifalarida e’lon qilinmoqda.

Jurnalda maqolalarni e’lon qilish uchun qo’yiladigan talablar o’zbek va rus tillarida ishlab chiqilib, ularning elektron varianti jurnalxonlarga va institutning barcha kafedralariga etkazildi. Institut olimlari, Respublikaning boshqa oliy o’quv yurti vakillari va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli ilmiy tadqiqot institutlari olimlaridan iborat tahrir hay’ati shakllantirilgan bo’lib, jurnalga kelib tushgan maqolalarning har tomonlama yuqori saviyada bo’lishini ta’minlab kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi “Matbuot tarqatuvchi” OAK ning Buxoro viloyat bo’limi bilan hamkorlikda institut olimlari, ilmiy izlanuvchilari, magistrlar hamda Respublikamiz hududidagi boshqa jurnalxonlarni “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnikaviy jurnaliga 2017 yil uchun obuna qilish davom etmoqda.

Institutimiz jurnalining nufuzini oshirish, mazmuni va mohiyati jihatidan Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari darajasiga ko’tarish hamda uni Respublika miqyosida keng targ’ib qilish maqsadida kafedralarimizning mavjud aloqalari orqali Respublikamizdagi boshqa oliy o’quv yurtlaridan hamda chet el olimlaridan kelib tushadigan maqolalar salmog’ini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda jurnalga topshiriladigan maqolalarning  ilmiyligi, yangiligi, keltirilgan ma’lumotlarning dolzarbligi va haqqoniyligi hamda ularning hozirgi zamon nashrlari talablariga mos bo’lishini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.