Yengil sanoat fakulteti

 

Fakultet dekani: t.f.n., dots. Musayev Sayfullo Safoyevich

Qabul vaqi: Har kuni 15:00-17:00 (seshanba va shanba kunlaridan tashqari)

Tel: 0(365)223-81-60

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Yengil sanoat” fakulteti institut rektorining 2017 yil 7 avgustdagi 126-U sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

Fakultetda 3 ta o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  1. Phd. O’rinov Uyg’un Abdullayevich
  2. Shodiyev G’olib Shodmonovich
  3. Madjitov Zuxriddin Zavlidinovich

Fakultetning ma’naviy va marifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

t.f.n. Azimov O’tkir Naimovich

 

Fakultet tarkibiga 3 ta mutaxassislik (“Texnologiyalar va jihozlar”, “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari”, “To’qimachilik”) va 2 ta umumta’lim (“Ingliz tili”, “Jismoniy madaniyat”) kafedralari biriktirilgan. Fakultet kafedralarida ilmiy salohiyat 32 foizni tashkil etib, unda 2 ta fan doktori, professorlar, 18 ta fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko’rsatadi. Fakultetda quyidagi 7 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Fakultetda hozirgi kunda 1445 nafar talaba tahsil olmoqda. Amaliy va laboratoriya dars mashg’ulotlari uchun xonalar sohaga oid jihozlar bilan ta’minlangan.

 

Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Charm va mo’yna, qorako’l);

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Poyabzal va charm-galanteriya);

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Yengil sanoat jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish);

5321300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (To’qimachilik, yengil va paxta sanoati);

5321600 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari;

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish);

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to’qima);

 

Magistratura mutaxassisliklari:

5A321501 – Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish

5A321601 – Yengil sanoat mashinalari va apparatlari

5A320901 –To’qimachilik xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigiruv texnologiyasi)

 

Fakultetda 3 ta ixtisoslik bo’yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan:

05.06.02. To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyosiga dastlabki ishlov berish

05.06.03. Teri, mo’yna, poyabzal va teri-galanteriya buyumlari texnologiyasi

05.06.04. Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni

 

Hamkorlik ishlari

 

Fakultetda ta`lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti hamda Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyasi va dizayn universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memoriandumi imzoladi. Unga asosan mazkur oliy ta’lim muassasalari va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat” fakulteti mutaxassislik kafedralarning 2018-2019 o‘quv yilida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uning birinchi qadami sifatida Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyasi va dizayn universitetining “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyalash” hamda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va dizayn” kafedralari yetakchi dotsentlari Yakovleva Nadejda Vladimirovna va Safronova Mariya Viktorovnalar 26 noyabrdan 3 dekabrgacha institutga tashrif buyurib fakultetning “Texnologiyalar va jihozlar (poyabzal va charm-galantereya)” hamda “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga “Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar. Shuningdek Yakovleva N.V. va Safronova M.V. lar “Yengil sanoat” fakulteti mutaxassislik kafedralarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlari, magistrlari va mustaqil tadqiqotchilari bilan “Yengil sanoat korxonalari oldida turgan muammolar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Hamkorlik memoriandumiga asosan fakultetning “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi assistenti J.SH. Azimov  A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti professori G.F. Yesina rahbarligida “Biopolimer kompozitsiyalarini qo‘llagan holda energiyatejamkor qorako‘l texnologiyasini yaratish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini olib borish uchun kunduzgi tayanch doktaranturaga qabul qilindi.  Hamkorlik rishtalari davom etmoqda.

Fakultetda amaliyotni namunali tashkil qilish maqsadida Buxoro viloyatida joylashgan 30 dan ortiq zamonaviy va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan. Talabalar amaliyot davomida o’rgangan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlamoqda. Undan tashqari fakultet qarashli kafedralar ishlab chiqarish korxonalarida o’z filiallarini tashkil etilgan.

Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha viloyatdagi 10 dan ortiq “Charm-poyabzal” mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxonalar bilan tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan 2018 yil 16 yanvarda o’zaro hamkorlik shartnomasi hamda tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor guruhlar shakllantirilgan. Tashabbus guruhi tomonidan 2018 yil yanvar oyida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimligi bilan birgalikda “Charm, mo’yna, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” II ko’rgazma yarmarkasi o’tkazildi.