Yer usti transporti tizimlari fakulteti

Bosh sahifa Yer usti transporti tizimlari fakulteti

Yer usti transporti tizimlari fakulteti



YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI FAKULTETI 


 Yerusti transport tizimlari fakulteti 2021-yil  20-sentabrda institut  rektorining № 508-У –sonli Yangi tashkiliy tuzilma to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan “Mexanika va arxitektura-qurilish” fakulteti bazasida Vobkent sanoat texnikumi bazasida   tashkil etilgan va fakultet dekani vazifasiga texnika fanlari 

nomzodi Zokir Fatilloyevich tayinlangan. Bugungi kunda jami 255 nafar talaba tahsil oladi.

Fakultetdagi Transport vositalari muhandisligi kafedrasi o‘qituvchilari dotsentlar soni  3 kishi, katta o‘qituvchilar 1 kishi, assisentlar soni 12 kishi, stajyor o‘qituchilar soni 4 kishi . Kafedrani televideniyaga chiqishlari 6 marotaba O‘zbekiston 24 kanaliga chiqishi esa 2 marotaba bo‘lgan, 4 marotaba viloyat televideniyasiga chiqqan. Fakultetda 1 ta  Turkmaniston respublikasi talabasi tahsil olib kelmoqda.

Yer usti transporti tizimlari fakulteti dekani

Jumayev Zokir Fatulloyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: + 99890 513 73 74
  • Email: jumayev_63@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo’yich dekan o’rinbosari

Yarasheva Gulchehra O'tkirovna

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: +99899 672 62 28
  • Email: gulichkautkirovna@email.com

-

-

  • Qabul vaqti: -
  • Telefon: -
  • Email: -


“Yer usti transporti tizimlari fakulteti” tarkibida 1 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda


 

 <<Transport vositalari muhandisligi>> kafedrasi


 


Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari


60712500–Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha); (1-kurs)

60810100–Qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; (1-kurs)

70810101–Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; (magistratura 1-kurs)


Fakultetda 2 ta yo‘nalish bo‘yichga 15 ta guruh mavjud.

Guruhlarda tahsil olayotgan talabalar ichida turli sohalardagi iqtidorli talabalar 30 dan ortiq. Jumladan sport, san’at, IT sohasida talabalar o‘z iqtidorini namoyish etib kelmoqdalar. 

Institut miqyosida, tuman, viloyat va respublika miqyosida turli sport tadbirlarida yutuqqa erishgan 6 nafar talabalar mavjud. 


60712500 Transport vositalari muxandisligi (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, avtomobil transporti vositalarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning samarali jarayonlarini hamda ularga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuasini qamrab oladi.
60712500 Transport vositalari muxandisligi (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining ob’ektlari:
- Avtomobil transporti, ularni ishlab chiqarish, foydalanish, texnik servis ko‘rsatish, ta’mirlash sohasida muhandislik hisoblar, modellashtirish, algoritmlar va matematik ta’minotni ishlab chiqish;
-Ilmiy-tadqiqot jarayonlari;
-Avtomobil transporti sohasida ishlovchi xodimlarni boshqarish, texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi, axborot ta’minot tizimlari va vositalari, avtotransport vositasining ish qobiliyatini tiklash hamda ularni ishlatishning samarali jarayonlari;
-Avtomobil transporti tarmoq korxonalarining texnologik jarayonlari.
Kirish imtihonlari:
-matematika;
-fizika;
-ona tili va adabiyoti.


60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiya sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u yer, suv, yonilg‘i energetika va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishda zamonaviy resurs tejamkor mexanizatsiyalashgan texnologiyalar va texnika vositalarini ishlab chiqish, mahalliy ish sharoitidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari texnologik jarayonlari, agrotexnik tadbirlarning maqbul turini qo‘llash hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining ob’ektlari:
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi davlat va xususiy tashkilot, korxona va muassasalar hamda mashinasozlik zavodlari;
-Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan jarayonlar;
-Qishloq xo‘ligi mashinalari, texnikalari, vositalari va asbob- uskunalar;
-Agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari.
Kirish imtihonlari:
-matematika;
-fizika;
-ona tili va adabiyoti.


70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatining sohalari:
“Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarda ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuqori darajada mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida tashkil etish va uni mexanizatsiyalash darajasini oshirish, agrar sohada mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va boshqa infrastrukturasi sub’ektlarida qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalala qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.


mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyatining turlari:
- Ilmiy tadqiqot faoliyati;
- Pedagogik faoliyat;
- Loyiha-konstruktorlik faoliyati;
- Ishlab chiqarish-texnologik faoliyat;
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
- Servis xizmatini ko‘rsatish faoliyati;
- Konsalting xizmati faoliyati.