Yengil sanoat texnologiyalari va jixozlari kafedrasi

Kafedra mudiri: t.f.d. prof. Raxmonov Xayridin Qodirovich
Tel:+99890 718-71-25
E-mail: kafedra_yestj@bmti.uz

 

«Yengil sanoat  texnologiyasi va jihozlari» kafedrasi Bux. MTI tarkibida 1984 yildan beri faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Kafedraga 1984-1985 yillar k.f.n dots. Aliev R.G., 1985-1988 yillar t.f.n., Revishvili J.T., 1988-1989 yillar t.f.n., dots. Gapparov X.G., 1989-1990 yillar dots. Galieva N.T.,1990-1995 yillar t.f.n. dots. Radjibaev P.R., 1995-2005 yillar  t.f.n., dots. Musaev S.S., 2005-2007 yillar  t.f.n. dots.  Raxmonov X.K., 2007-2013 yillar  t.f.n, dots Pulatova S.U., 2013-2015 yillar p.f.n., dots. Z.SH. To`xtaeva, 2015-2017 yillar t.f.n.,dots.R.X.Nurboyev, 2017 yil sentyabrdan t.f.d.,professor X.Q.Raxmonov rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Hozirgi paytda kafedrada, 2 ta fan doktori, professor, 2 ta falsafa fanlari bo’yicha doktori (PhD), 7 ta texnika fanlari nomzodi, dotsent, 6 ta katta o`qituvchi, 17 ta assistant va 13 ta o’qituvchi-stajyor  faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada o`quv tajriba xonalarini nazorat qilish, tajriba darslarini sifatli o`tkazishni    tashkil    etishda    ishchi – xodimlarlardan    Sh.Temirova,   D.Hayitova, J.Yoqubovlar jonbozlik ko’rsatib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 5000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorlanib, ular viloyatimiz va respublikamizning  yengil sanoat korxonalarida, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada o`quv-uslubiy ta`minotni yaxshilash maqsadida Rossiya Federatsiyasidagi oliy o`quv yurtlaridan turli xildagi o`quv adabiyotlar, jurnallar va o`quv qo`llanmalar keltirilib, o`quv jarayoniga tadbiq etilgan.

Kafedrada hozirgi kungacha professor-o’qituvchilar tomonidan 4 ta elektron  darslik,  6 ta darslik va 15 ta o`quv qo’llanmalar tayyorlanib, Davlat grifi asosida chop qilingan va o`quv jarayoniga qo’llanib kelinmoqda.

Kafedrada 4 ta yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 Germaniyaning “Volkswgenstiftung” fondining “Modernizatsiya traditsiy: nasledie uzbekskogo tekstilya kak kul’turniy i ekonomicheskiy resurs” mavzusidagi  Xalkaro granti, 1 ta Davlat dasturi asosida amaliy grant va 5 ta xo`jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari.

XALQARO ALOQALAR

Hozirgi kunda kafedra Shveysariyaning moda va dizayn universiteti, Germaniyaning  Dortmund Texnika universiteti hamda MDX davlatlaridagi bir qator  oliy ta`lim muassasalari  bilan hamkorlik  aloqalari o`rnatgan. Moskva davlat texnologiya va dizayn universiteti, Rostov iqtisodiyot va servis universiteti, Alma-Ata texnologiya universiteti, Kostroma texnologiya universiteti, Kazan’ davlat texnologiya universiteti, Sankt-Peterburg davlat texnologiya va dizayn universiteti shular jumlasidandir.