To’qimachilik kafedrasi

yest
Kafedra mudiri: t.f.n. dots. Nurboyev Rashit Xudayeberdiyevich
Qabul vaqti:Dushanba-Juma (15:00-17:00 gacha)
Tel:(95) 600-82-92, (98) 774-99-48

Institutda kadrlar tayyorlashning asosiy yunalishlaridan biri hisoblangan to‘qimachilik va engil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlash  maqsadida “Umumiy texnika fanlari” kafedrasi tarkibida to‘qimachilik va engil sanoat korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1979 yilda “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” kafedrasi tashkil etilgandan so‘ng, mustakil ravishda  “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” va “To‘quvchilik” mutaxassisliklari  bo‘yicha muxandislar  tayyorlash  yo‘lga qo‘yildi.Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda talabalar qabul qilindi. Mazkur kafedrani dots. O.M.YOriev 1979-1985 yillar mobaynida boshqarib keldi.
1982 yildan boshlab, kafedra qoshida “Charm va mo‘yna texnologiyasi”  mutaxassisligi  buyicha muxandislar tayyorlana boshlandi.
1985 yilda  kafedraning nomi “Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari” deb o‘zgartirildi. Kafedraga  dots.M.Sh.Toirov  (1985 -1986 y.y.) va dots. X.G.Gapparov (1986-1889 y.y.)lar rahbarlik qilib kelganlar. Mazkur kafedra o‘z tarkibiga “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, “CHarm va mo‘yna texnologiyasi”, “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish”, “To‘quvchilik”, “CHarm buyumlari texnologiyasi” va “Engil sanoat mashinalari va jihozlari” kabi mutaxassisliklarni birlashtirgan edi.
1989 yilda “Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari” kafedrasi negizida  “CHarm, mo‘yna  va  to‘qimachilik  maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi va  dots. M.SH. Toirov kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 1992 yilga kelib kafedra  “CHarm va mo‘yna texnologiyasi” va  “To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va materialshunosligi” kafedralariga ajratildi.

Nurboev Rashit Xudoyberdievich 1999-2004 yillar davomida “To‘qimachilik va engil sanoati” fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari,  2004-2007 yillar “Maxsus sirtqi” bo‘lim dekani, 2007 -2010 yillar  institut qoshida tashkil etilgan “Malaka oshirish va qayta tayyorlash” markazida dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 2010-2015 “CHarm-mo‘yna va to‘qimachilik sanoati texnologiyasi”kafedrasi mudiri, 2015-2017 yillarda “Engil sanoat texnologiyasi va jixozlari” kafedrasi mudiri, 2017 yil 7avgustdan hozirgi kunga qadar “To‘qimachilik”kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

BAKALAVRIAT

5320900

Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)

5320900

Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)

MAGISTRATURA

5A320901-To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigirish texnologiyasi)

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:

  • To‘qimachilik materialshunosligi
  • Metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirish asoslari
  • Mutaxassislikka kirish
  • Talabalar o‘quv faoliyatini tashkil etish
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash
  • Polimerlar fizikasi va kimyosi
  • To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jihozlari
  • Xom ashyoni to‘quvchilikka tayyorlash
  • To‘quvchilik texnologiyasi
  • To‘qima tuzilishi va loyihalash
  • Texnologik jaayonlarni loyihalash
  • Xomashyoni yigirishga tayyorlash
  • Yigirish texnologiyasi
  • Ikkilamchi iplar texnologiyasi

Magistratura

  • Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari
  • Tadqiqot ilmiy asoslari va texnologik jarayonlarni muqobillash
  • Tolalarni chiqitsiz qayta ishlash texnologiyasi
  • To‘qimachilik tolalarini yigirishning nazariy asoslari
  • Patentshunoslik
  • Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazi
  • To‘qimachilik sanoatida innovatsion texnika va texnologiyalar

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI

  • Nurboev Rashid Xudoyberdievich
  • Gapparov Xasan
  • Avezov Mavlonjon Fazlievich
  • Giyasova Dilfuza Rajabovna
  • Kazakov Farxot Farmonovich
  • Mardonov Salohiddin Ergashevich
  • Qo‘ldoshev Elyor Ibroximovich
  • Kazakova Dilfuza Sadullaevna
  • Raxmatova Baxtigul Axadovna
  • Sattorova Nodira Nasilloevna
  • Raximov Xakimboy Karimovich
  • Salimov SHuxrat Halimovich
  • Otamurodov Jo‘rabek Otaniyozovich

Kafedra va Kastroma Davlat Universiteti bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kostroma davlat universiteti bilan xamkorlikda 2018-2019 o‘quv yilida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilgan. Ushbu bajarilgan ITI natijalari Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida va Respublika ilmiy texnika jurnallarida chop etilgan.

2018-2019 o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar respublika ilmiy anjumanlarida, ilmiy jurnallarida va chet davlatlarning ilmiy jurnallarida chop qilingan.

Oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish o‘rtasidagi, integratsiyani kuchaytirish, mutaxassislik fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini, tanishuv va malakaviy amaliyotlarni ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazish  maqsadida “To‘qimachilik” kafedrasi bilan quyidagi korxonalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzildi.

Jumladan bularga quyidagilar kiradi:

  • “O‘zbekto‘qimachiliksanoat” AJ
  • “DAEWOO TEXTILE BUKHARA” xorijiy korxonasi;
  • “GRENT COTTON EXPORT” (Klaster)
  • “Peshkuteks” O‘zbekiston Belorussiya qo‘shma korxonasi
  • “Navoiy Pryaja” ishlab chiqarish MCHJ (Navoiy)
  • «Bukhara Brilliant Silk» qo‘shma korxonasi;
  • “DELUXE FABRIC” MCHJ;
  • “Buxoronaturprodukt” MCHJ
  • “SHarofat invest” MCHJ
  • “Qorako‘l Garden Teks” MCHJ
  • “Silk Servis” MCHJ
  • Kamalak SHabnam teks MCHJ;
  • O‘zKOJga qarashli Buxoro o‘quv ishlab chiqarish korxonasi
  • “Maishiytexsoz” MCHJ;
  • “ROMSTAR” MCHJ
  • “Zarkon” MCHJ
  • “Peshku paxta tozalash” AJ
  • “Romitan paxta tozalash” AJ
  • “Zira buloq paxta tozalash” AJ (Samarqand)
  • “SHofirkon ekvatorialteks” qo‘shma korxoansi
  • “Rushanteks” MCHJ
  • “Textile spektrum colors” MCHJ
  • “Navbaxor paxta tozalash” AJ (Navoiy)
  • “Texnik moslamalar” ishlab chiqarish korxonasi
  • “Juma paxta tozalash” AJ (Samarqand)

YUqorida keltirilgan korxonalarda talabalar malakaviy  amaliyotlarini, tajriba  va  amaliy mashg‘ulotlarni  ishlab chiqarishga bog‘liq holda o‘tashadi.

Buxoro shahridagi “Deluxe Fabric” MCHJda “To‘qimachilik” kafedrasi  filiali tashkil etilib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu o‘quv-ishlab chiqarish laboratoriyada professor-o‘qituvchilar va talabalarga kasb-hunar ko‘nikmalarini egallash, ilmiy tajribasini oshirishga imkon yaratilgan. Bundan tashqari ushbu filialda talabalarning amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun alohida xona ajratilgan bo‘lib, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.

“Deluxe Fabric” MCHJda 5320900-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima), 5320900-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip) bakalavr ta’lim yo‘nalishi fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun maxsus auditoriyalar va asbob-uskunalar, stendlar bilan jihozlangan xona ajratilgan. Maxsus fanlardan “To‘qimachilik  materialshunosligi”, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ushbu ajratilgan maydonchalarda o‘tkaziladi.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

2017-2019 yillarda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari

11-17 raqamli “To‘qimachilik maxsulotlari sifatini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish”

(2018 y.) 3,0 mln. so’m

16-11 raqamli “Sintetik akril tolasidan kalava ip tayyorlash texnologik jarayonlarni optimallashtirish”

(2018 y.) 10,0 mln. so’m

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR

  • Nurboev R.X., Giyasova D.R. “Mutaxassilikka kirish” o‘quv qo‘llanma
  • Nurboev R.X. “To‘qimachilik tolalarini yigirishning nazariy asoslari” fanidan ma’ruza matni
  • Nurboev R.X. “Ekperimental tadqiqotlar o‘tkazish” fanidan ma’ruza matni
  • Gapparov X.G. “Tadqiqot ilmiy asoslari” fanidan ma’ruza matni
  • Giyasova D.R. “To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jihozlari” fanidan ma’ruza matni
  • Kazakov F.F. “Tikuv buyumlari materialshunosligi” fanidan ma’ruza matni
  • Kazakov F.F.“Tikuv buyumlari materialshunosligi” fanidan tajriba ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma (rus guruhi uchun)
  • Kazakova D.S. “Tikuv buyumlari materialshunosligi” fanidan ma’ruza matni (rus guruhi uchun)
  • Kazakova D.S. “Tikuv buyumlari materialshunosligi” fanidan tajriba ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
  • Mardonov S.E., Qo‘ldoshev E.I. “Metrologiya standartlash va sertifikatlashtirish asoslari ” fanidan ma’ruza matni
  • Mardonov S.E., Salimov SH.H., “Tadqiqot uslub va vositalari” fanidan ma’ruza matni
  • Mardonov S.E., Qo‘ldoshev E.I. “Metrologiya standartlash va sertifikatlashtirish asoslari ” fanidan tajriba ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
  • Mardonov S.E., Salimov SH.H. “Tadqiqot uslub va vositalari ” fanidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
  • Kazakov F.F., Salimov SH.H. “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” fanidan ma’ruza matni
  • Qo‘ldoshev E.I. “Tikuv buyumlari materialshunosligi” fanidan tajriba ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
  • Salimov SH.H. “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” fanidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI

  • Казаков Ф.Ф. Термические свойства волоса меха каракуля, обработанного модифицированной мочевино-формальдегидной смолой, Молодой учёный международный научный журнал.  Молодой учёный №21 (155) май 2017 г.
  • Синтез и свойства модифицированной карбамид-формальдегидной смолы и технология наполнения кожи на её основе, Молодой учёный №21 (155) май 2017 г.
  • Mardonov S. Movement Of The Flexible Thread System In The Viscous Fluid Stream, Journal of Multidisciplinary Engineering Science and Technology (JMEST) Vol. 4 Issue 3, March – 2017
  • Гиясова Д.Р., Шойиева М.М., Современные ткани и их свойства, Ученый XXI века-2018-3,2
  • Казакова Д.С.,Файзуллаев Ф.Ф., Исследования ворсистости тканей Ученый XXI века-2018-3,2
  • Kurbonov F.A., Nurboev R.X., Mo‘minova M.Iplardan tejamli foydalanish maksadida tikuv mashinasida qo‘shimcha pichoq qurilmasini o‘rnatish Uchenыy XXI veka-2018-3,2
  • Nurboev R.X.,Kurbonov F.A., Mo‘minova M., Aylanuvchi kolosnikli tola ajratish mashinasida chigit tarog‘i va qabul barabanining o‘zaro joylashish kordinatalarini aniqlash, Fan va texnologiyalar taraqqiyoti 2018 yil, №2, 28-32
  • Qazoqov F.F., Qodirov T.J., Fan va texnologiyalar taraqqiyoti, Qorako‘l terilariga ishlov berishning takomillashgan texnologiyasi, 2018 yil, №2.