Yengil sanoat fakulteti

«YENGIL SANOAT» FAKULTETI

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Yengil sanoat” fakulteti institut rektorining 2017 yil 7 avgustdagi 126-U sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

“Yengil sanoat” fakulteti tarkibiga 3 ta mutaxassislik (“Texnologiyalar va jihozlar”, “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari”, “To’qimachilik”) va 2 ta umumta’lim (“Ingliz tili”, “Jismoniy madaniyat”) kafedralari biriktirilgan. Fakultetning mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan kafedralari bilan ishlab chiqarish korxonalari o`rtasida doimiy hamkorlik yo`lga qo`yilgan va korxonalarda kafedra filiallari tashkil qilinib talabalar darsdan bo`sh vaqtlarida korxonalarga borib darsda o`rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda bajarib o`z bilimlarini mustahkamlamoqdalar. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislar ta`lim jarayonida jalb qilingan.

“Yengil sanoat” fakulteti kafedralarida 2 ta fan doktori, professorlar, 18 ta fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko’rsatadi. Fakultetda 7 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisligi va 2017 yildan 3 ta tayanch doktarantura ixtisosligi (PhD) bo`yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgan. Hozirgi kunda 1400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Amaliy va laboratoriya dars mashg’ulotlari uchun xonalar sohaga oid jihozlar bilan ta’minlangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

Fakultet dekani:

t.f.n., dots. Musayev Sayfullo Safoyevich

Qabul vaqi: Har kuni 15:00-17:00

Tel: 0(365)223-81-60

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini:

Phd. O’rinov Uyg’un Abdullayevich

Qabul vaqi: Har kuni 13:00-15:00

Tel: 0(365)223-81-60

E-mail: uygun21@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

O’quv ishlari o’yicha dekan muovini:

Shodiyev G’olib Shodmonovich

Qabul vaqi: Har kuni 13:00-15:00

Tel: 0(365)223-81-60

E-mail: shodmonovg@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’quv ishlari o’yicha dekan muovini:

Madjitov Zuxriddin Zavlidinovich

Qabul vaqi: Har kuni 13:00-15:00

Tel: 0(365)223-81-60

E-mail: zuxriddin90@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini:

Rustamov Bobir Ismatovich

Qabul vaqi: Har kuni 13:00-17:00

Tel: 0(365)223-81-60

E-mail: bobir_r@bk.ru

 

 

FAKULTET KAFEDRALARI:

“Texnologiyalar va jihozlar”

“Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari”

“To’qimachilik”

“Ingliz tili”

“Jismoniy madaniyat”

 

Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Charm va mo’yna, qorako’l);

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Poyabzal va charm-galanteriya);

5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (Yengil sanoat jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish);

5321300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (To’qimachilik, yengil va paxta sanoati);

5321600 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari;

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish);

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to’qima);

 

Magistratura mutaxassisliklari:

5A321501 – Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish;

5A321601 – Yengil sanoat mashinalari va apparatlari;

5A320901 –To’qimachilik xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigiruv texnologiyasi).

 Tayanch doktarantura (PhD) ixtisosliklari:

05.06.02. To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyosiga dastlabki ishlov berish;

05.06.03. Teri, mo’yna, poyabzal va teri-galanteriya buyumlari texnologiyasi;

05.06.04. Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.

 

Hamkorlik ishlari

Fakultetda ta`lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Respublikamizning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim muassasalari va xorijiy ta`lim muassasalari bilan, belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Yengil sanoat” fakulteti va Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti hamda Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyasi va dizayn universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memoriandumi imzolangan. Hamkorlik shartnomasiga binoan mazkur oliy ta’lim muassasalari va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat” fakulteti mutaxassislik kafedralarining hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Uning birinchi qadami sifatida Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyasi va dizayn universitetining “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyalash” hamda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va dizayn” kafedralari yetakchi professorlari Yakovleva Nadejda Vladimirovna va Safronova Mariya Viktorovnalar 26 noyabrdan 3 dekabrgacha institutga tashrif buyurib fakultetning “Texnologiyalar va jihozlar (poyabzal va charm-galantereya)” hamda “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga “Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar. Shuningdek N.V.Yakovleva va M.V.Safronovalar “Yengil sanoat” fakulteti mutaxassislik kafedralarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, magistrlari va mustaqil tadqiqotchilari bilan “Yengil sanoat korxonalari oldida turgan muammolar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Hamkorlik memoriandumiga asosan fakultetning “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi assistenti J.SH. Azimov  A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti professori G.F. Yesina rahbarligida “Biopolimer kompozitsiyalarini qo‘llagan holda energiyatejamkor qorako‘l texnologiyasini yaratish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini olib borish uchun kunduzgi tayanch doktaranturaga qabul qilindi.  Hamkorlik aloqalari davom etmoqda.