To‘qimachilik va charm sanoat fakulteti

Bosh sahifa To‘qimachilik va charm sanoat fakulteti

To‘qimachilik va charm sanoat fakulteti


 

“To‘qimachilik va charm sanoat” fakulteti institut rektorining 2019 yil 25 iyuldagi 160-U sonli buyrug‘i  bilan tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilganidan texnika fanlari nomzodi, prof S.S.Musayev, 2022 yilda dotsent I.M.Raxmonov va hozirgi kunda dotsent F.F.Qazoqov rahbarlik qilib kelmoqda. 

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)
60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)
60721400 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (charm va mo’ynani qayta ishlash va jihozlari)
60721400 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (poyabzal, charm-attorlik ishlab chiqarish jihozlari)
60210400 – Dizayn (poyabzal va aksessuarlar dizayni)
61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha) 

05.06.03 – Teri, mo'yna, poyabzal va teri –galantereya buyumlari texnologiyasi va 05.06.02 – To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Bugungi kunda fakultetda 33 ta akademik guruhda 502 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonlarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 12 ta ilmiy – texnikaviy to‘garaklar tashkil etilgan. 3 nafar talaba Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari,  2 nafar talabalar  Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan. Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Joriy yilda bir nafar talaba Beruniy davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Fakultetda  “Yosh dizaynerlar”, “Yosh ijodkor tо‘qimachilar”, “Yosh ekolok” tо‘garaklari tasdiqlangan Nizom va reja bо‘yicha  faoliyat olib bordi. Talabalar darsdan sо‘ng va bо‘sh vaqtlarida о‘zlarini qiziqtirgan mutaxassislik yо‘nalishlarini kafedra malakali professor-о‘qituvchilaridan о‘rganib kelmoqdalar. Tо‘garaklarda iqtidorli talabalar a’zo bо‘lib, maishiy buyumlar, zamonaviy poyabzal va charm galantereya buyumlarini loyihalash va tayyorlash jarayonini о‘rganish bilan birga turli aksessuarlar bilan bezash usullarini о‘rganmoqdalar.Fakultetda 100 dan ortiq soha ixtisosligiga mos ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzulgan va shunga asosan nazariy ta’lim bilan amaliyotning integratsiyasi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda fakultetda olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot natijalari bо‘yicha olingan natijlar hamkor ishlab chiqarish korxonalariga amaliyotga muvofaqiyatli joriy etib kelinmoqda.

 Fakultet talabalarining iqtidori, solohiyati, qiziqishlari va tanlovlarini inobatga olgan holda  1-4 kurs talabalari  belgilangan muddatda  sohaning real sektorlarida faoliyat olib borayotga “О‘zcharmsanoat” uyushmasi va “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tarkibiga kiruvchi yirik ishlab chiqarish korxonalriga amaliyotga yuborilmoqda va mazkur uyushma tarkibidagi korxonalarning о‘zida ish bilan ta’minlanmoqda

Ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalariga asosan talabalarning bо‘sh vaqtlarida qо‘shimcha daromat topishlari uchun shu korxonalarda 80 ga yaqin talabalar ish faoliyatlarini olib bormoqdalar

Institutda tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida fakultetning 2-ta “Leaders team”, “Talabalar kengashi” jamoalari ha,da QVZ o’yinlarida fakultetning “Mehmonlar” jamoasi  muntazam ishtirok etib kelyapti.  

To‘qimachilik va charm sanoat fakulteti dekani

Qazoqov Farhod Farmonovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: +998916476582
  • Email: farkhot.kazakov@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Shoimov Shoxrux Shuxratovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
  • Telefon: +998 90 635-15-95
  • Email: shoyimovshsh@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Quvvatov Hamid Habibovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
  • Telefon: (0 365) 223-78-84
  • Email: test@test.uz


FAKULTET KAFEDRALARI


<<Charm buyumlari texnologiyasi va dizayn>> kafedrasi

<<To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi>> kafedrasi

<<Sanoat ekologiyasi>> kafedrasi

<<Jismoniy madaniyat>> kafedrasi 


"To‘qimachilik va charm sanoat" fakulteti 2023-2024 o'quv yili    "KUZGI"   mavsum uchun


I-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

II-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

III-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

IV-kurs dars jadvali 

Yuklab olish 


BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHLARI


60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)

60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)

60721400 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (charm va mo’ynani qayta ishlash va jihozlari)

60721400 – Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (poyabzal, charm-attorlik ishlab chiqarish jihozlari)

60210400 – Dizayn (poyabzal va aksessuarlar dizayni)

61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha) 


MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI


70721400 - Texnologiyalar va jihozlar(charm va mo‘yna buyumlari)

70721201 – To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi (maxsulot turlari bo‘yicha) 


DOKTORANTURA IXTISOSLIGI


05.06.03 – Teri, mo‘yna, poyabzal va teri –galantereya buyumlari texnologiyasi

05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish