Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti

Bosh sahifa Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti

Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti


“TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARUV TIZIMLARI” FAKULTETI

Buxoro muxandislik-texnologiya instituti rektorining 2019-yil 25-iyul №160-U sonli buyrug‘i bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institut Kengashining 2019-yil 1-apreldagi 296 son buyrug‘i bilan  qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan “Oliy ta‘lim muassasining fakulteti to‘g‘risida”gi namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibini belgilaydi. Mazkur nizom Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kengashining 2019-yil 12-oktyabrdagi 2-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan  hozirgi kunda 5 ta kafedra: “Menejment”, “Iqtisodiyot”, “Texnologik jarayonlarni boshqarish ”, “Axborot kamunikatsiya tizimlari” va “OKSMJ” kafedralari biriktirilgan.

Fakultetda jami: 119 nafar professor –o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, jumladan, ilmiy darajali o‘qituvchilar 62 nafar bo‘lib, shundan 5 nafari fan doktori, professorlar bo‘lib ilmiy salohiyat 49.6 % tashkil etadi.

  Bugungi kunda fakultetda 64 ta akademik guruhda 1322 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonlarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 15 ta ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va   “Dinamit” nomli 3 ta ijodiy-badiiyguruh tashkil etilgan. Fakultetda 1 nafar Beruniy nomli Davlat stipendiatlari, 2 Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari  4 nafar talabalar  Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan. 

Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Fakultetda 500 mln. so‘mlik AL-593201250 “Mo‘tadil haroratda presslash va ekstraksiyalash orqali kungaboqar moyi va oqsilini birgalikda ishlab chiqarish kalit (asosiy) texnologiyasi ” “ELBA-ERASMUS dasturi bo‘yicha 47700 yevro ” va Tibbiy hamshiralarni o‘qitish bo‘yicha loyiha 700 000 000 mln grand va xo‘jalik shartnomalari  bajarilmoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasiga biriktirilgan fanlardan o‘quv adabiyotlar, shu jumladan yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan. Jumladan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilda 2 ta darslik va 8 ta o‘quv qo‘llanma yaratilgan. Bu adabiyotlar institut hisobidan ko‘paytirilib ARMga joylashtirilgan.

Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti dekani

Xayitov Sherbek Naimovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: (93) 686-95-55
  • Email: Sherbek-market@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

.

  • Qabul vaqti: .
  • Telefon: .
  • Email: .

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Raxmatov Jasurbek Abdurahmonovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 9:00-17:00
  • Telefon: (99)707-42-08
  • Email: raxmatovjasurbek21121@mail.ru


FAKULTET KAFEDRALARI


<<Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari>> kafedrasi

<<Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari>> kafedrasi

<<Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari>> kafedrasi

<<Menejment>> kafedrasi

<<Iqtisodiyot>> kafedrasi


Fakultetning 2023-2024 o'quv yili "KUZGI" mavsum uchun dars jadvali


Kunduzgi ta'lim bakalavriat


1-kurs 

Yuklab olish 

2-kurs

Yuklab olish 

3-kurs

Yuklab olish 

4-kurs 

Yuklab olish 


Kechki ta'lim bakalavriat


1-kurs 

Yuklab olish 

2-kurs 

Yuklab olish

3-kurs

Yuklab olish 


Magistratura 


1-kurs

Yuklab olish 

2-kurs 

Yuklab olish 


Fakultetda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi


BAKALAVRIAT

60411200 - Menejment (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60412500 - Marketing (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60711900 - Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)

60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat)

60610200 - Axborot kamunikatsiya tizimlari va  texnologiyalari


Magistratura mutaxassisliklar:

70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

70411201 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

70720710 - Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)

70610201 - Axborot kamunikatsiya tizimlari va  texnologiyalari

70711901- Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari


  Kafedrada ustoz-shogird tizimi asosida barcha professor-o‘qituvchilar iqtidorli talabalar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Startup loyihalar institut bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib Respublika bosqichiga taqdim etildi. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar talabalar bilan innovatsion ko‘rgazmalarda faol ishtirok qilib kelishmoqda. 

Fakultet huzurida ilmiy innovatsion markaz tashkil etilgan va faoliyat olib boryapti. Markazda ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda xo‘jalik shartnomalari va talabalar bandligi ta’minlanmoqda. (4-nafar talaba va 2-nafar ilmiy tadqiqotchi doimiy ish bilan band)

Institutda tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida fakultetning 4 ta jamoasi muntazam ishtirok etib kelyapti. “Dinamit” jamoasi aprel oyida faxrli 1 o‘rinni egalladi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar. Institut talabalari orasida tashkil etilgan Futbol musoboqasida  faxrli 1-o‘rinni, Mini futbolda 1-o‘rinni, professor-o‘qituvchilar orasida 1- o‘rinni egalladi. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari fakultetiga biriktirilgan Shodlik MFY nomidan DXX raisi kubogida ishtirok etib shaxarda 2-o‘rinni oldi.

Fakultetda talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qiziqishlari bo‘yicha 3 ta klub (Kreativ TALABALAR TEATR STUDIYASI, “Kreativ” QvZ jamoasi, Dinamit Zakovat guruhi), 17 ta to‘garaklar va sport seksiyalari tashkil etilgan. Ularda fakultetning 525 ga yaqin talabalari ishtirok etadi. Masalan: “Yosh iqtisodchilar” , “Texnologik jarayonlarni modellashtirish” , “Liders”, Guruh tyutorlari tomonidan guruhlar kesimida sportning Mini futbol turi bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi.


Fakultet iqtidorli talabalari  

Yuklab olish 

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari 

Yuklab olish 

Fakultet hamkorligi

Yuklab olish