Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi

 

 

Kafedra mudiri: t.f.n.doc. O’rinov Nasillo Fayzilloevich

 

 

1980 yil 1 sentyabrda “Mashinasozlik texnologiyasi” nomi bilan tashkil qilingan. 1981 – yil kafedra birinchi marta “Mashinasozlik” mutaxassisligi bo’yicha 38 nafar muhandis – muallim tayyorlab chiqardi. 1981 – 2011 yillarda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasini 650 nafardan ortiq muhandis – muallim, 100 nafar bakalavrlar va magistrlar muvaffaqiyatli tamomladi xamda Respublikamiz va Hamdo’stlik mamlakatlari xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilmoqdalar.

“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasini 1982 – 1992 yillarda t.f.n., doc. I.V.Zaplatkin, 1994 – 2005 yillarda esa f.m.f.d., prof. I.I. Safarov, 2005 yilning iyul oyidan 2010 yilning sentyabr oyigacha t.f.n.,doc. N.A.Duskaraev, 2011 yil sentyabr oyidan 2013 yil iyul oyigacha t.f.n.,doc. N.F.O’rinovlar boshqardilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutahassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’rsida” PQ-1533-sonli qaroriga muvofiq Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tashkil etilgan vaqtda “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” deb nomlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1954-sonli qaroriga muvofiq Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil qilingan va “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” Texnologiyalar va jihozlar kafedrasi negizida bakalavrlar tayyorlagan.

2017 yil 07 avgustda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy kengashining qaroriga asosan “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi qayta tashkil etildi. Xozirgi kunda kafedrada 5321500-Texnologiyalar va jihozlar (mashinasozlik) va 5111000- Kasb ta’limi (5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozash va avtomatlashtirish)) ta’lim yo’nalishlari bakalavrlar va 5A321502-Texnologiyalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlarga 26 ta professor-o’qituvchilar o’quv mashg’ulotlari olib bormoqda. Kafedrada 5 ta docent, 5 ta katta o’qituvchi va 16 ta assistent faoliyat olib bormoqda. Professor-o’qituvchilarni ilmiy darajasini oshirish va doktoronturada o’qitish maqsadida xorijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzilgan. 2018 yilda Moskva davlat “Stankin” texnologiya universiteti bilan xamkorlik memorandumi va ish reja tasdiqlangan. Memorandumga asosan 2018 yilda kafedraning 2 ta professor-o’qituvchisi doktotanturada 3 nafar bitiruvchi magistraturaga o’qishga yuborildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab ikki tomonlama diplom berish asosita 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qabul rejalashtirilgan.

2018 yildan boshlab kafedrada OT-Atex-2018-373 “Lazer nurlari yordamida chigit va paxta urug’larini ajratish uchun chigit ajratish texnologik mashinalarining arra cilindrli moslamasining ishchi qismining arra tishlarini kesish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 100 mln.so’mlik amaliy grant loyihasi va xududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari xodimlari o’qitish bo’yicha “Metallarga mexanik ishlov berish texnologiyalari” mavzusi bo’yicha 10.25 mln.so’mlik xo’jalik shartnomasi bajarildi.

Kafedraga tegishli bo’lgan o’quv auditoriyalar soni 7 ta, laboratoriya xonalari soni 2 ta, o’quv ustaxonasi 1 ta, o’quv auditoriyalaridagi o’rinlar soni 230 ta.

Kafedra tomonidan hududdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliyotlarni tashkil etish maqsadida “Buxoro mexanika ta’mirlash zavodi” AJ, “Nasos ta’mirlash” korxonasi, “Buxorosozta’mirservis” ICHK, “Trubodetal” AJ, “SHofirkon MTP Texservich” MCHJ, NEIZ O’ZMINDA” XIIK korxonalari bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan.