Muhandislik-qurilish fakulteti

mex

 

Dekan: t.f.n. Murodov Shuxrat Mustafoyevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-81-70
E-mail: mtf@bmti.uz


       Buxoro muhandislik – texnologiya institutining “Muhandislik – qurilish” fakulteti Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017 yil, 7 – avgustdagi 126-U(02) – son buyrug`i asosida tashkil etilgan.  Fakultet tarkibiga 3 ta mutaxassislik (“Mashinasozlik texnologiyasi”, “Arxitektura va qurilish”, “Mexanika”) va 1 ta umumta`lim (“Chizmachilik va chizmageometriya”), kafedralari biriktirilgan. Fakultet kafedralarida ilmiy salohiyat 56 foizni tashkil etib, unda 3 ta fan doktori, proffessorlar va 17 ta fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko`rsatadi. Fakultet kafedralarida 6 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va 1 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi. Fakultetda ta`lim olayotgan talabalar soni 842 nafarni tashkil etadi. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda fakultet huzurida “Muhandislar-satira va yumor” teatri va institut talabalari uchun bepul til o’rganish to’ga’ragi faoliyat yuritmoqda.

  1. 5321500 – Texnologiyalar va jihozlar (tarmoqlar bo`yicha)
  2. 5111025 – Kasb ta’limi: mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik  ishlab chiqarishini jihozlash va  avtomatlashtirish
  3. 5340200 –Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)
  4. 5340500–Qurilish matеriallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish
  5. 5340100 – Arxitеktura (sanoat va fuqaro binolari)
  6. 5310600 –Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yichа)

Yangi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha, Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalar va fan dasturlari ishlab chiqilib, O va O`MTV tomonidan tasdiqlab berildi. Hamma o`qitiladigan fanlar ya`ni 1 – 2 kurslarda o`tiladigan yangi fanlar va 3 – 4 kurslarda avvaldan o`tib kelingan fanlar uchun o`quv – uslubiy majmualarning yangi avlodi yaratildi. 2018 – 2019 yillarda fakultet professor – o`qituvchilari tomonidan birqancha o`quv qo`llanma va darsliklar yaratildi. Fakultetda ta`lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

kesish jarayonining samaradorligini oshirish, deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi, paxtani dastlabki tozalash, charm buyumlariga ishlov berish va pardozlash, avtomobillarni iqlim mintaqalarida ishlatishga moslashishi,  uzun bo`yli yer tekislagichlarning ish unumdorligi va sifatini oshirish, bino va inshootlarning mustahkamli va uzoq vaqtga chidamliligini ta`minlovich ashyolar va energiyani iqtisod qiliuvchi texnologiyalar ishlab chiqish, dasturlashtirilgan ta`lim asosida texnika fanlarini o`qitish, sanoat va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan tejamli mashina va jihozlarni yaratish, ularning o`lchamlarini geometrik hosil qilish va avtomatlashtirish hamda ularning natijalari asosida muhandislik grafikasi fanlari o`quv jarayonini ilmiy tashkil qilish. 2011 – 2014 yillarda fakultet kafedralarida 5 ta mavzuda 1,1 milliard so`mlik Davlat grantlari, 7,6 mln. so`mlik xo`jalik shartnomalari bajarilgan va 25 mln. so`mlik servis xizmatlari ko`rsatilgan. Bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlarining natijalari bo`yicha 1 ta doktorlik, 2 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, 5 ta monogarafiya, 8 ta patent va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.