Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti

Bosh sahifa Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti

Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti



Institut rektorining 2017-yil 07-avgustdagi №126-U(02) sonli buyrug‘iga asosan “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fakulteti tashkil etildi. Fakultetning mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan kafedralari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va korxonalarda kafedra filiallari tashkil qilinib, talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida korxonalarga borib darsda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda bajarib o‘z bilimlarini mustahkamlamoqdalar. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislar ta’lim jarayonida jalb qilingan.

Ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxasislar bitiruvchi kurs talabalarining dars jarayoniga bevosita ishtirok etib, ularni bilimlarini o‘rgangan holda, ular bilan qonuniy shartnomalar imzolab, bitiruv oldi amaliyotini o‘z korxonalarida o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bermoqdalar. Ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari amaliyot davrida o‘zini bilimi va salohiyatini ko‘rsata olgan talabalarni ish bilan bandligini ta’minlamoqda.  

Hozirgi kunda  fakultetda 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha), 60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, 60720200 - Yog‘lar, efir moylari va parfumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi, 61010200 - Aholi va turistlarga xizmat ko'rsatishni tashkil etish servisi, 60720500 - Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi, 60710100 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), 60710300 - Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi, 60720300 – Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi, 60720400 – Konservalash texnologiyasi, 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) va 60811800 –Meva va uzumchilik yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat talabalari tahsil olishadi. 

Fakultetni 40 yillik tajribaga ega, ilmiy salohiyati  xorij oliy ta’lim muassasalarida  ham tan olingan t.f.n., dotsent R.T.Adizov boshqarib kelmoqdalar.


Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti dekani

Adizov Rashid To‘xtaevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: +998 93 479-77-65
  • Email: adizov.rashid@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Azimov O‘tkir Naimoviv

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
  • Telefon: +998 91 406-69-07
  • Email: utkir.80@inbox.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Bozorov Dilmurod Xolmurodovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
  • Telefon: +998 90 744-47-97
  • Email: d.bozorov_78@mail.ru


FAKULTET KAFEDRALARI


«Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi

«Oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi

«Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi

«Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi

«Ovqatlinishni tashkil etish va servis» kafedrasi

«Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va yog’-moy texnologiyasi» kafedrasi


"Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari “ fakulteti 2023-2024 o'quv yili    ”BAHORGI"   mavsum uchun


I-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

II-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

III-kurs dars jadvali

Yuklab olish 

IV-kurs dars jadvali 

Yuklab olish 


FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI


60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) yo‘nalishi

61010200 – Aholi va turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish servisi

60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) yo‘nalishi

60710100 – Kimyoviy texnologiya (silikat moddalar) yo‘nalishi

60710100 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) yo‘nalishi

60710100 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar) yo‘nalishi

60720200 – Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalashi

60720500 – Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi

60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

60710300 – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

60720300 – Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

60720400 – Konservalash texnologiyasi

60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

60811800 – Meva va uzumchilik


FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI


70710103  – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish) 

70720101 – Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi)

70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar kimyoviy texnologiyasi)


   Fakultetda jami 2335 nafar talabalar 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olib kelishmoqda. Fakultetimiz dekani t.f.n, dotsent R.T.Adizov jamoa bilan birgalikda joriy o‘quv yilida  5 nafar fan doktori professor, 6 nafar fan doktori (DSc), 23 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlangan.

 Professor-o‘qituvchilar tomonidan esa  23 ta darslik, 66 ta monografiya va 27 ta o‘quv qo‘llanma va 18 ta uslubiy qo‘llanma chop etildi va 45 ta elektron darsliklar yaratilgani talabalarimizning asosli bilim olishlari uchun keng imkoniyatdir. 4 ta patent,  46 ta foydali modellar uchun guvohnomalar olinganligi barchamizning yutug‘imizdir.