Energetika fakulteti

Bosh sahifa Energetika fakulteti

Energetika fakulteti


 Buxoro muxandislik-texnologiya instituti rektorining 2019 yil 25 iyul №160-U sonli buyrug‘i bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institut Kengashining 2019 yil 10 iyuldagi 8 son majlis bayoniga asosan “Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti negizida “Energetika” fakulteti tashkil qilingan va hozirgi kunda 5 ta kafedra: “Energoaudit”, “Energetika”, “Elektr mexanikasi va texnologiyalari”, “Fizika” va “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedralari biriktirilgan.

Fakultetda jami: 68 nafar professor –o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, jumladan, ilmiy darajali o‘qituvchilar 27 nafar bo‘lib, shundan 7 nafari fan doktori, professorlar bo‘lib ilmiy salohiyat 40% tashkil etadi.

Bugungi kunda fakultetda 37 ta akademik guruhda 744 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. 

Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonlarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 15 ta ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va   “Ibrat” nomli 3 ta ijodiy-badiiyguruh tashkil etilgan. Fakultetda 1 nafar Beruniy nomli Davlat stipendiatlari, 1 Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari  4 nafar talabalar  Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan. Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Fakultetda 500 mln. so’mlik ILM-20215001 “Kichik quvvatli istemolchilar uchun O‘zbekiston iqlimiy sharoitlarida samarador ishlovchi shamol energetik qurilmasini yaratish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi  bajarilmoqda. Joriy yilda 600-20 EEE guruh talabasi Bafoeva Gulrux  Beruniy davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Fakultet huzurida ilmiy innovatsion markaz tashkil etilgan va faoliyat olib boryapti. Markazda ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda xo‘jalik shartnomalari va talabalar bandligi ta’minlanmoqda. (4-nafar talaba va 2-nafar ilmiy tadqiqotchi doimiy ish bilan band).

Institutda tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida fakultetning 4 ta jamoasi muntazam ishtirok etib kelyapti. “Ibrat” jamoasi aprel oyida faxrli 1 o‘rinni egalladi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar. Institut talabalari orasida tashkil etilgan Futbol musoboqasida  faxrli 1-o‘rinni, Mini futbolda 2-o‘rinni, professor-o‘qituvchilar orasida 1- o‘rinni egalladi. Energetika fakultetiga biriktirilgan R.Hamroev MFY nomidan DXX raisi kubogida ishtirok etib shaxarda 3-o‘rinni oldi.

Fakultetda talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qiziqishlari bo‘yicha 3 ta klub (Ibrat TALABALAR TEATR STUDIYASI, “12A” QvZ jamoasi, Ibrat Zakovat guruhi), 17 ta to‘garaklar va sport seksiyalari tashkil etilgan. Ularda fakultetning 450 ga yaqin talabalari ishtirok etadi. Masalan: “Noan’anaviy energetika” , “Fizik jarayonlarni modellashtirish” , “Tabiiy bo‘yoqlarning spektroskopik tahlili”, “Mexatronika”, “Yosh energetika”, “220 Volt”,  “Muhandis-konstruktor”, Guruh tyutorlari tomonidan guruhlar kesimida sportning Mini futbol turi bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi.

Energetika fakulteti dekani

Sadullayev Nasullo Nematovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: (0 365) 223-78-84
  • Email: nasullo68@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Turkmenov Farruh Nuriddinovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
  • Telefon: +99890-512-93-99
  • Email: test@test.uz

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Fayzullayev Asqar Rajabboevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
  • Telefon: +998931947520
  • Email: fayzullayev_asqar_2023@mail.ru


”Energetika” fakulteti Buxoro muxandislik-texnologiya instituti tarkibida tashkil topgan bo‘lib fakultet tarkibida 5 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda: 


<<Fizika>> kafedrasi

<<Energoaudit>> kafedrasi

<<Energetika>> kafedrasi 

<<Elektr mexanikasi va texnologiyalari>> kafedrasi 

<<O‘zbek tili va adabiyoti>> kafedrasi


Fakultetda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari: 


60711000 - Muqobil energiya manbalari

60710700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari

60710900 - Energiya tejamkorligi va energoaudit

60710500 - Energetika (issiqlik energetikasi)

60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar bo‘yicha)


Magistratura mutaxassisliklari:


70710701 - Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo‘yicha)    

70710703 - Elektr texnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)     

70710901 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha) 

70710503 - Sanoat issiqlik energetikasi


“Energetika” fakulteti 2023-2024 o'quv yili    "KUZGI"   mavsum uchun


I-II-III kurslar dars jadvali

Yuklab olish 

IV kurs dars jadvali

Yuklab olish 


XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN NATIJALAR 



Shvetsiya qirollik texnologiya instituti (Shvetsiya, KTH), Kostanay Davlat Univrsiteti (Kozog‘iston) va Kuban Davlat universiteti (Rossiya) bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolangan va o‘zaro hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 


Bitiruvchilar

Yuklab olish 

Ilmiy ishlar

Yuklab olish 

2023-yil ma'naviy ishlar hisoboti

Yuklab olish