Arxitektura va qurilish kafedrasi

 

 

 

Kafedra mudiri: t.f.n. dotsent Mirzaev Shamsiddin Rajabovich Tel:  8(365) 223-67-58
E-mail: 
mirzaev.shamsiddin@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

Texnika fanlari doktori, professor Vaxitov Mubin Muminovich Tel:  8(365) 226-29-63
E-mail: mubin.vakhitov@mail.ru

 

 

 

 

 

Kafedra katta o’qituvchisi:  Rabbiev Gayrat Botirovich Tel:  +99891 418-34-56
E-mail G.Rabbiev@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra katta o’qituvchisi:  Tojiev In’omjon Ilxomovich  Tel:  +99891 444-87-03
E-mail arminom@mail.ru

 

 

 

Kafedra asistenti: Usmonov  Эrkin  Toyirovich Tel:  +99891407-87-09

E-mail E.Usmonov@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra asistenti: Muxammadov Said Кarimovich  Tel:  +99893624-40-40
E-mail S.Muxammadov@mail.ru

 

 

 

 

 

Hurmatli do’stlar!

Bugun sizning oldingizdagi nafaqat mutaxassisligingiz balkim,  o’z hayot faoliyatingiz  yo’lini tanlash  tanlovi  turibdi!

Bizning  “Arxitektura va qurilish” kafedrasi Sizning kelajagingizni-qiziqarli, mazmunli, hamma vaqt  kerakli, ijodiy va innovacion kasb muxandis-quruvchi sifatida namoyon qilinishini  o’z  zimmasiga olishga tayyor.

Bugungi kunda Qurilish soxasi -yangiliklarga boy va yuqori texnologiyali soha bo’lib, davlat va jamiyat qurilishining asosiy  yo’nalishidir. Respublikamizda olib borilayotgan obodonchiliklar, qurilayotgan bino va inshootlar, sport  inshootlari, avtomobil va temir yo’llar, yangi shaharlar hamda qayta ta’mirlanayotgan ob’ektlar  barcha-barchasi xalqimizni faravonligi  uchun yaratilayotgan sharoitlardir.

Kafedraning shiori “Intiliganga to’le yor”– biz kelajakni o’ylab, kimki qurilish ilmi va amaliyotini yaxshi o’rgansa,  nafaqat bugungi kunda balkim,  yillar davomida  unga asqotishini  ta’kidlagan holda, bizning bitiruvchilarimiz kelajakni yaratuvchilar bo’lishlariga ishonamiz!

Sizlar o’zining boy tarixi bilan ajralib turadigan  Arxitektura-qurilish yo’nalishlarini tanlar ekansiz,o’zigi xos kasbiy  ananalarga ega, o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lgan olimlar jamoasiga shogird tushasiz, qachonki ular ma’ruza qilganda nafaqat bilim va tajriba balkim o’z qalblarini berishga tayyordirlar.

Buxoro- muxandislik texnologi institutining  “Arxitektura va qurilish” yo’nalishlariga  marhamat!

Xalqaro hamkorlik:

Ta’lim yo’nalishi  talabalariga KNAUF texnologiyalarini o’rgatish uchun O’zbekiston Germaniya qo’shma korxonasi IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” bilan  shartnoma tuzilgan.

BMTI va Moskva Davlat qurilish universiteti (NIU MGSU) ROSSIYA o’rtasida Hamkorlik shartnomasi 07.09.2017 yil,   NIU MGSU №369-193/07 va  2017-2025  yillar uchun birgalikda ishlash rejasi tuzilgan. Rossiyaning qurilish sohasidagi eng  yetakchi universiteti bilan professor-o’qituvchilarning malaka oshirish, stajirovkasi va talaba almashinuvi yo’lga qo’yilmoqda.

Ta’lim  yo’nalishlari:

5340100 Arxitektura (turlaribo’yicha)
5340200 Binova inshootlar qurilishi (turlaribo’yicha)
5340500 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

 

5340100 –Arxitektura (bino va inshotlar) ta`lim yo`nalishi

Ushbu yo`nalish –fan va texnika sohadagi bakalavriat ta`lim yo`nalishi o`z ichiga arxitektura  qurilish sohasida, bino va inshotlar loyihalarini yaratish, obyektlarni barpo etish, shahar qurilishi va xo`jalik korxonalarini, binolarni ta`mirlash  va eksplutatsiya qilish bilan bog`liq majmuiy masalalarni yechishni qamrab oladi.

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat  va fuqaro binolari)

Ushbu yo`nalish – fan texnika sohasidagi ta`lim sohasidagi ta`lim yo`nalishi bo`lib, u qurilish sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashda, kasbiy ko`nikmalarga, mutassadilik qobilyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o`z ichiga qamrab oladi.

5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari  va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta`lim yo`nalishi 

Ushbu yo`nalish – fan va texnika sohasidagi bakalavriyat ta`lim yo`nalishi bo`lib, qurilish materiallari, buyumlari va konsruksiyalarini  ishlab chiqarish , tayyorlash , tadqiq qilish, standartlashga yo`naltirilgan inson faoliyati vositalari majmuasini qamrab oladi.

2019-2020 o’quv yilidan boshlab  5A340102-Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarni tiklash   Magistratura ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlarlarini tayyorlash ko’zda tutilgan.

Translate »