Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari kafedrasi

 

 

Kafedra mudiri: t.f.d. Abduraxmonov Olim Rustamovich
Tel: 0(365) 223-76-91
E-mail: tjbakt@bmti.uz

 

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti 1977 yilda tashkil etilib, «Oziq-ovqat sanoati mashinalari va apparatlari» mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadrlarni tayyorlash uchun 1979 yildan boshlab institutda “Ishlab chiqarish jarayonlari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga dastlab, 1979-1985 yillarda professor A.O.Ortiqov, 1985-1990 yillarda professor A.H.Mamatqulov, 1990-1993 yillarda dotsent T.R.SHomurodov, 1993-2003 yillarda professor A.F.Safarov, 2003-2005 yillarda professor X.F.Djuraev, 2006-2011 yillarda dotsent T.R.SHomurodov,. 2011-2018 yillar dotsent A.U.Usmonov kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatganlar. 2018 yildan boshlab professor O.R.Abduraxmonov mudirlik qilmoqda.
Kafedraning nomi 2003 yilda “Texnologik mashinalar, jihozlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, 2011 yilda “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” deb o’zgartirilgan. Kafedra 2013 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi a’zolari negizida «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari» kafedrasi nomida yangidan tashkil etildi.
Kafedrada 1982 yildan boshlab, sanoatning turli tarmoqlari uchun muhandis-mexanik va muhandis pedagoglar, jumladan “Oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo’yicha muhandis-mexaniklar, 1997 yildan boshlab “Texnologik mashinalar va jihozlar”, Kasb ta’limi “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash mashinalari va apparatlari”, “Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar, 2011 yildan boshlab 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5111000 – Kasb ta’limi «5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish», 5320300 – “Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)”yo’nalishlari bo’yicha pedagog, muhandis-mexaniklar hamda 5A320311 – Oziq –ovqat sanoati mashinalari va agregatlari mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar, 2013 yildan boshlab esa 5321700-“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 5A321701-“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Bugungi kunda kafedra asoschisi professor A.A. Ortiqov hamda kafedra professori O.F.Safarov tomonidan yaratilgan ilmiy maktabda 8 nafar fan doktorlari hamda 20 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan bo’lib, ular Respublikamizning turli Oliy ta’lim muassasalarida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
1979 yildan boshlab, kafedraning tashkil etilishi va uning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shgan bir qator yosh olimlar jumladan, prof. A.A. Ortiqov, dots. N.K.Yaxshimuradova, prof.O.F.Safarov, prof.A.X.Mametqulov, dots. D.M.SHomurodova, dots. A.A. Xudoyberdiyev, prof.K.O.Dodayev, dots. S.X. Ibragimov, dots. K. Yusupova, dots. S. N. Zinovich, B.A.Ismoilov, dots.T.R.Jumayev, dots. R.X. Qodirova, dots. R.O. Babayarov, B.Rasulovlar faoliyat ko’rsatgan.
Hozirgi kunda kafedrada 3ta fan doktori, 12 ta fan nomzodlari ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda, kafedraning ilmiy salohiyat 36% ni tashkil etadi.
Kafedrada so’ngi 3 yilda 6 ta o’quv-qo’llanma, 3 ta darslik va 4 ta monografiya chop etildi.
“Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining Ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim sohasi bo’yicha 2016 yil uchun “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi pedagog” nominaciyasi bo’yicha kafedramiz katta o’qituvchisi Sh.I. Fayziev  1 o’rinni hamda 2018 yil uchun kafedra mudiri professor O.R. Abduraxmonov nufuzli orinlarni qo’lga kiritdilar.
2017 yilda kafedrada davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 4 ta ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda:
v OT-A3-15 « Исследование гидродинамики встречных фаз массообменных процессов и совершенствование конструкции окончательных дистилляторов» (Rahbar: dots. M.S. Narziev, joriy yilda ajratilgan summa: 50 mln so’m);
v I-OT-2017-5-5 «Создание технологии производства угольних брикетов с высокой энергетической эффективностью и экологическими показателями » (Rahbar: prof. O.R.Abduraxmonov, joriy yilda ajratilgan summa: 90 mln so’m);
v A-9-1 « Разработка ресурсосберегающей экологически чистой технологии производства ингредиентов из растителново мырья с применением сжижененного углекислого газа» (Rahbar: dots.K.X.Gafurov, joriy yilda ajratilgan summa: 49 mln so’m);
v A-5-7 « Разработка и создание информационно коммуникационной системы управления процессом производства экстрактов из растительного сырья работающего под высоким давлением с сжиженным газом» (Rahbar: dots. A.U.Usmonov, joriy yilda ajratilgan summa: 64 mln so’m);
Olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida tizimli tahlil asosida suyultirilgan CO2 gazi yordamida ekstraksiyalash jarayoni tahlil qilindi, katta bosim ostida ishlaydigan ekstraktorlar mexanik hisoblash blok – sxemasi va hisoblash dasturi tuzildi. Katta bosim ostida ishlaydigan ekstraktor tayyorlandi. O’tkazilgan tadqiqotlar asosida ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ishlab chiqilgan eksperiment rejasiga asosan tajriba ishlari o’tkazildi. Ular bugungi kunda o’quv jarayonida tadbiq etilgan.
Olib borilayotgan 4 ta davlat ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha O’zR IMA ga “Katta bosimda ishlaydigan ekstraktor” mavzusida foydali modelga mualliflik guvohnomasi va “O’simlik xom-ashyosidan ingredientlarni gazsuyuqlik ekstrakciyalash tajriba uskunasi”, “Распылительная форсунка для массообменного аппарата” hamda “Топливный брикет” mavzularidagi foydali modellarga talabnomalar yuborildi. 2 ta EHM uchun dasturlarga guvohnoma olindi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 20 dan ilmiy-texnika jurnalida maqola, xalqaro ilmiy-texnika konferensiyalarida 50 dan ortiq maqola va ma’ruza tezislari, hamda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalari to’plamida 60 dan ortiq ma’ruza tezislari magistrantlar bilan hamkorlikda chop etildi.
Institutimizda TEMPUS dasturi bo’yicha 543922-TEMPUS-1-2013-1-SE-TEMPUS-JPCR “O’zbekistonda mexatronika bo’yicha yangi magistrlik dasturlari va doktorlik kurslarini joriy etish” Mechatronics (Tempus-Mach) loyihasini amalga oshirildi.
Loyiha hamkorlari:
• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
• Toshkent avtomobil yo’llar instituti;
• Turin politexnika universitetining Toshkent filiali;
• Navoiy tog’-kon metallurgiya instituti;
• Farg’ona politexnika instituti;
• Urganch davlat universiteti
• KTH Royal Institute of Technology (Shvetsiya);
• Johannes Kepler University Linz JKU (Avstriya);
• Katholieke University Leuven KUL (Belgiya).
Loyihaning asosiy maqsadi: muhandislik loyihalash ishlarida mexanotronikani qo’llay oladigan yangi muhandislar avlodini yetishtirib chiqarish.
Loyihaning asosiy vazifalari: hamkor o’zbek institutlarda mexatronika bo’yicha yangi 8 ta magistrlik, 3 ta doktorantura kurslarini, hamda 4 ta magistrlik tanlov kurslarini yaratish; o’zbek hamkor institutlarida “Mechatronics (Mexatronika)” o’quv-ilmiy laboratoriyasini yaratish; yaratiladigan kurslarda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarga asosiy e’tiborni qaratish; hamkor institutlar va O’zbekistonning tegishli ishlab chiqarish sohalari orasida uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Hozirgacha bu loyiha bo’yicha institumizning 3 ta kafedrasi professor-o’qituvchilari, bakalavr va magistratura talabalari tarkibidan ishchi guruh tashkil qilindi.
2017 yil aprel oyida kafedramizning 2 ta vakili Shvetsiya Qirollik texnologiya institutida 2 haftalik seminar-treningda ishtirok etib kelishdi.
Ana shu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi institumizda tayyorlanayotgan muhandis kadrlarning bilim va malakasini zamonaviy talablar darajasiga etkazishga va yoshlar orasida muhandislik kasbiga va ta’limiga ishtiyoqini kuchaytirishga katta yordam beradi.

Kuban davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. 2018 yil dekabr oyida Krasnodarda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi. Tashkiliy hay`at a`zosi bo`lib kafedramiz dotsenti K.X.Gafurov qatnashdi.

Файзиев Ш.И. ва Ибрагимов У.М. Respublikada tashkil etilgan “El yurt umidi” jamg`armasi saralash bosqichida kafedra katta o`qituvchilari Sh.I.Fayziyev hamda U.M.Ibragimovlar muvofaqiyatli o`tib keldilar.

Jondor “EVROSNAR” zavodi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo`lib, kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan paxta yog`i mistsellasini yakuniy distillyatsiyalash ko`p pog`onali yangi uskunasi, zavodning ekstraksiya sexida o`rnatilib, texnik sinovdan o`tkazildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining professori A.A.Artikov “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fanidan master klass o`tkazdi.

Kafedra hozirgi kunda BNQIZ, “DeLuxe Fabric” MCHJ, “SulSherJahon” XK, “MGQIZ” MCHJ,  “Sapfire Water” MCHJ, Navoiy Elektrkimyozavod QK, “UzEraeCable” QK, “Uz Minda” QK, “UzERAELTERNATOR” QK korxonalari, “Kozon milliy tadqiqot texnologiya universiteti” bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

AJ “Buxorodon mahsulotlari”da kafedra filiali tashkil etildi “TJBAKT” yo`nalishi bo`yicha talabalar tahsil olmoqda.

 

«TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISHNING AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI» KAFEDRASI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TO’G’RISIDA

MA`LUMOT

F.I.SH. Lavozimi Telefon raqami
1. Abduraxmonov Olim Rustamovich Kafedra mudiri (91) 419-49-55
2. Djuraev Xayrullo Fayzievich Professor (91)444-84-90
3. Usmonov Axtam Usmonovich Dotsent (97)282-90-95
4. Abidov Kamildjan Zarifovich Dotsent (93)475-72-16
5. Bazarov Pirimqul Rayimovich Dotsent (91)440-64-11
6. Narziev Mirzo Sayidovich Dotsent (91)240-13-77
7.. G’afurov Karim Xakimovich Dotsent (93)477-78-68
8. Saitmurotov O’ktam Azimovich Dotsent (90)710-53-45
9. Salieva Olima Kamalovna Dotsent (93)478-28-98
10. Musayeva Rano Xoliqovna Dotsent (90)614-20-14
11. G’oyibov Ramazon Boboqulovich Katta o’qituvchi (91)240-11-53
12. Ergashev Baxtiyor Tilavovich Katta o’qituvchi (90)711-14-07
13. Rasulov SHuxrat Xo’jaqulovich Katta o’qituvchi (93)459-40-03
14. Ibragimov Ravshan Rustamovich Katta o’qituvchi (97)303-19-79
15. Xabibov Faxriddin  Yusupovich Katta o’qituvchi (90)711-18-81
16. Fayziev SHavkat Istamovich Katta o’qituvchi (90)299-40-43
17. Ibragimov Ulugbek Murodilloevich Katta o’qituvchi (90)510-41-91
18. Yamaletdinova Munira Faditovna Katta o’qituvchi (90)715-86-79
19. Ismoyilov Hayot Barotovich Katta o’qituvchi (97)300-73-72
20. Xalilov Fayoz Vaxobjonovich Katta o’qituvchi (93) 651-02-25
21. SHaripov Nodir Zamirovich Katta o’qituvchi (93)452-61-63
22. Xankeldieva Zebinisa Xabibovna Assistent (93)624-84-07
23. Qo’ldosheva Firuza Salimovna Assistent (91)447-80-01
24. Akobirova Lola Xuseynovna Assistent (93)456-50-15
25. Raxmatov San’at Sultonovich Katta o’qituvchi (91)411-77-02
26. Rustamov Elyor Samiyevich Assisstent (91)415-23-29
27. Xojiyev Aziz Qayumovich Assisstent (97)798-31-21
28. Ibragimov Shohruh Ramazonovich Assistent (93)651-32-32
29. Qulieva Nodira G’ulomrizoevna Assistent (90)510-00-67
30. Uvayzov Saidjon Komilovich Assistent (91)414-25-55
31. Xo’janazarov Zayniddin Rashidovich Assistent (93)653-09-83
O’rindoshlar
32. Muxamedxanov Ulug’bek Turgudovich Professor (65)223-78-84
33. Xodjiyev Shuxrat Mahmudovich Dotsent (65)223-78-84
34. Jumayev Qayum Karimovich Dotsent (65)223-76-91
35. Saidov Hamro Quvondiqovich Dotsent (65)223-76-91
36. Hikmatov Doniyor Nematovich Dotsent (95)604-87-43
37. Xoliqov Alijon Abduraupovich Katta o’qituvchi (90)718-81-83
38. Sharipova Nazira Raxmatilloyevna Assisstent (65)223-76-91
39. Qobilov Xasan Halilovich Assistent (95)608-08-09
40. Raxmatov Umid Radjabovich Laboratoriya mudiri (91)404-73-61
41. Sharapova Nigora Amanovna Assistent (65)223-76-91
42. To’rayeva Gulchiroy Assistent (65)223-76-91

 

Oxirgi yangilangan sana: 14.03.2019

Translate »