Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fakulteti

infDekan : f-m.f.n. dotsent Razzakov Shavkat Insonovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 8(365) 223-78-84
E-mail: e_ichaktf@bmti.uz


Buxoro muhandislik texnologiya instituti «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti O`zbekiston respublikasi prezidentining 2013 yil 15 apreldagi PQ-1954 sonli qaroriga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muxandislik texnika instituti Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fakulteti bazasi tashkil etildi.
«Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakultetida quyidagi ta`lim yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladila
  • 5111000-Kasb ta`limi (Informatika va axborot texnologiyalari)
  • 5111000-Kasb ta`limi (Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari)
  • 5111000-Kasb ta`limi (Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari)
  • 5111000-Kasb ta`limi (Menejment)
  • 5310700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
  • 5321700-Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
  • 5230200-Menejment

FAKULTETGA QARASHLI 3 TA MUTAXASSISLIK  KAFEDRASIDA XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN  NATIJALAR

Kafedrada Rossiyskiy gosudarstvenniy universitet imeni A. N. Kosigina va Natsional’niy  issledovatel’skiy  universitet «MEI» (Rossiya)

Almashinuv dasturlari borasida kafedra katta o`qituvchisi N. N. Mirzoev Toshkent axborot texnologiyalar universitetidagi  Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering – Green Building (GREB) 574049-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP loyixasi ishtirokchisi xisoblanadi.

SHvetsiya qirollik texnologiya instituti (SHvetsiya, KTH), Kostanay Davlat Univrsiteti (Kozog’iston) va Kuban Davlat universiteti (Rossiya) bilan o`zaro hamkorlik memorandumlari imzolangan vao`zaro hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi bo`yicha kafedraning o`qituvchilari SH.I.Fayziyev va U.M.Ibragimovlar  stajirovkani Evropa universtitetlarida o`tkazish bo`yicha tanlovda g’oliblikka erishganlar.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari

Davlat ilmiy-texnika dasturi OT-F2-62 asosida «Sanoat korxonasi intellektual elektr tarmog’ini umumlashgan samaradorlik ko`rsatkichi asosida yaratish nazaryasini rivojlantirish» mavzusida fundamental tadqiqotga 50 mln. so`mlik davlat granti bajarilmoqda.

Davlat ilmiy-texnika dasturi OT-A3-12 asosida «6-10/0,4 kV kuchlanishli komplekt transformator nimstantsiyalar ish rejimini boshqarishning energiya tejamkor mikroprotsessorli tizimini yaratish» mavzusida amaliy tadqiqotga 90 mln. so`mlik davlat granti bajarilmoqda

Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo`jalik shartnomalari

Energiya audit va sanoat korxonalarini energetik tekshiruv bo`yicha quyidagi korxonalar bilan xo`jalik shartnomalari tuzildi va bajarildi:  “Buxorodonmahsulotlari” AJ bilan 20 mln., “Kogondonmahsulotlari” AJ bilan 15 mln., “Neftgazavtotransxizmat” UK BGSQ AJ bilan 15 mln. shartnomalar tuzilib ishlar bajarilmoqda va Jondor “Evrosnar” MCHJ korxonasi bilan bilan 15 mln. so`mlik ish bajarilib berildi.

Translate »