“Organik kimyo” elektron darsligini yaratdilar

“Organik kimyo” elektron darsligini yaratdilar

«Organik kimyo» elektron darsligi oliy ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy chet el adabiyotlar asosida tayyorlangan. Barcha mavzular bo’yicha bosh interfeysda ma’ruza, laboratoriya mashg’ulotlari, amaliy mashg’ulotlar, prezentatsiyalar, video lavhalar, mustaqil ta’lim mavzulari, adabiyotlar ro’yxati va elektron kutubxona havolalari keltirilgan. Elektron kutubxonada tegishli adabiyotlarni word, pdf, djvu formatlarda ochib o’qish mumkin. Mavzuga tegishli video lavhalar tanishish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari yaratilgan «Organik kimyo» elektron darsligi “Glossariy” bo’limi ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan hamda ushbu bo’limga murojaat etilganda alohida oyna ochilib, unda atamalarning to’liq ro’yxatini ko’rish mumkin. Bu oynada 3 xil tilda(o’zbek, rus va ingliz) qidirsh funkciyasi ham mavjud bo’lib, ixtiyoriy tilni tanlab tezkor qidirish imkoniyati mavjud. Agar siz “Barcha tildan” opsiyasini tanlasangiz, uchala tildan ham baravar qidirish imkoni ham saqlab qolinadi. Elektron darslikni yana bir qo’shimcha funkciyalaridan biri shuki, unda glossariy ro’yxatidagi barcha ro’yxatni yoki qidirib topilgan hamda filtlangan natijalarni Excel, HTML, XML va oddiy matnli formatda fayllarda saqlash imkoniyatining mavjudligi.