Elektrotexnika kafedrasi

ee Kafedra mudiri: t.f.n. Maxmudov Maxsud Idrisovich
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: kafedra_ee@bmti.uz


KAFEDRA TARIXI
«Elektroenergetika» kafedrasi 1977 yilda M. T. Turdievning rahbarligida institut rektorining buyrug’iga asosan «Umumiy elektrotexnika» nomi bilan institutning «Umumiy texnika fanlari» kafedrasidan ajratilib tashkil etilgan. Kafedra 1978 yildan kechki bo’limga «Sanoat korxona-larining, shaharlarni va qishloq xo’jaligini elektr ta’minoti», 1985 yildan kafedra kunduzgi bo’limga «Elektroenergetika», 1998 yildan «Elektroenergetika» yo’nalishi muallim-energetiklar, 2000 yildan kafedrada «Elektr ta’minoti» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi talabalar qabul qila boshladi.
Kafedraga 1977-85 va 1994-2005 yillarda Turdiev M.T., 1985-1994 yillarda Abdullaev A.M, 2005-2011 yillarda doc. Sadullaev N. N. va 2011 yildan doc. Maxmudov M. I. rahbarlik qilyapti.
Kafedra moddiy-texnika bazasini yaratishda qatnashgan va ilmiy salohiyatiga munosib hissa qo’shgan quyidagi o’qituvchilarni alohida ta’kidlash mumkin. Bulardan, t.f.n., doc. Axmedov B.M., (1978-92 yil), t.f.n. Xudoyqulov Z.R., (1979-95 yil), t.f.n. Ibragimov N.R. (1980-95 yil), t.f.n. SHoymatov B.X. (1984-95 yil), t.f.n., doc. Jalilov R.B. (1985-92 yil), t.f.n. Bobojonov Yu.M. (1984-91 yil), t.f.n., doc. Fattoev I.I. (1996-2000 yil), katta o’qituvchilar Sulaymonov H.A. (1968-85 yil), Faxriddinov H.T. (1981-90 yil) va boshqalarni keltirish mumkin. Kafedrada hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan t.f.n. SHoyimov P.SH. (1979 yildan), t.f.n. Raxmatov D.A. (1978 yildan) va katta o’qituvchi I.X. Hazratovlar (1978 yildan) kafedra rivojiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.
KAFEDRA O’QITUVCHILARI HAQIDA MALUMOT
1. Maxmudov Maxsud Idrisovich Kafedra mudiri, dotsent
2. Sadullaev Nasullo Nematovich professor
3. Jalilov Rashid Bobokulovich dotsent
4. Xafizov Islom Ikromovich dotsent
5. Voxidov A’zam Tayirovich dotsent
6. Raxmatov Davron Axmedovich dotsent
7. Xazratov Ismatullo Xazratovich Katta o’qituvchi
8. Aslonova Gulnoz Nasriddinovna Katta o’qituvchi
9. Latipov Saidmurod Tuygunovich Katta o’qituvchi
10. Kuziev Zafar Esanovich Katta o’qituvchi
11. Mirzaev Narzullo Nuriddinovich Katta o’qituvchi
12. Babanazarova Nargisa Kamilovna Katta o’qituvchi
13. Kaxxorov Murod Muxtorovich Katta o’qituvchi
14. Jiyanov Najim Nasimovich Katta o’qituvchi
15. Norov Sobir Nekmurodovich Katta o’qituvchi
16. Rayimov Raxmon Pirimovich Katta o’qituvchi
17. SHoboev Alisher Xikmatullaevich Katta o’qituvchi
18. Mirxonov Utkir Kaxramonovich assistent
19. Ne’matov Laziz Alisherovich assistent
20. SHoyimova Solixa Pardaevna assistent
21. Raxmatova Maktuba Ulugbekovna assistent
22. Urinov Nodir Nasulloevich assistent
23. Nematov SHuxrat Nassuloevich assistent
24. Gafforov Komil Kamol ugli assistent
25. Sattorov Toshpulot Axmad ugli assistent
26. SHaripov Lochin SHamsiddinovich assistent
27. SHaripov SHerzod Nasim ugli assistent
28. Safarov Alisher Bekmurodovich assistent
29. Mamedov Rasul Akif ugli assistent
30. Panoev Abdullo Tilloevich assistent
31. Pirimov Ramziddin Ramazonovich assistent
32. Axmedov Anvar Abdurasulovich assistent

 

KAFEDRANING YuTUQLARI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga asosan – iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo’nalishlari va ixtisosliklari bo’yicha o’qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o’quv dasturlari joriy qilindi[1].

Oliy ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

SHu jumladan bakalavr yunalishi buyicha 5310700- Elektrotexnika, elektromexanika va elektr texnologiyalari (sohalar bo’yicha), 5111058 – Kasb ta’limi (Elektrotexnika, elektromexanika va elektr texnologiyalari), 5312100 – Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi, 5310100- Energetika (tarmoqlar bo’yicha) va magistratura yo’nalishi buyicha 5A310704- Elektrmexanika (tarmoqlar bo’yicha), 5A310704- Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo’yicha) mutaxasis kadrlar tayyorlash ko’rsatib o’tilgan.

Kafedra yuqorida ko’rsatib o’tilgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududlaridagi korxonalarining uchtasi va Rossiya federaciyaning Moskva energetika instituti (MEI) bilan ilmiy tadqiot olib borish uchun hamkorlik shartnomasi imzolangan.

“Elektroenergetika” kafedrasida ilmiy tadqiqot ishlariga 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi hamda 6 nafar katta o’qituvchi va assisentlar, 4 ilmiy xodim- izlanuchi hamda mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar jalb qilingan.

Davlat ilmiy-texnika dasturi OT-F2-62 asosida «Sanoat korxonasi intellektual elektr tarmog’ini umumlashgan samaradorlik ko’rsatkichi asosida yaratish nazaryasini rivojlantirish» mavzusida fundamental tadqiqotga 50 mln. so’mlik davlat granti olindi. Bunda t.f.d. N.N.Sadullaev, ass. A.X. SHoboev va ass. SH.N. Nematovlar loyixa asosida ilmiy ish olib bormoqdalar.”Buxorodon” AJ korxonasida korxona elektr ta’minoti tizimi (ETT)ni matricaviy modeli asosida isroflarini avtomatlashtirilgan nazorat tizimi yo’lga qo’yilgan.

Kafedra doc. Jalilov R.B rahbarligida OT-A3-12 asosida «6-10/0,4 kV kuchlanishli komplekt transformator nimstanciyalar ish rejimini boshqarishning energiya tejamkor mikroprocessorli tizimini yaratish» mavzusida amaliy tadqiqotga 90 mln. so’mlik davlat granti olindi. Bunda t.f.d. R.A.Siddiqov(ToshDTU), t.f.n. M.I. Maxmudov, i.f.n. Ziyovuddinova I., kat.o’q. Ibragimov U. va ass. A.B. Safarovlar loyixa asosida ilmiy ish olib bormoqdalar. ”Buxoro RTUM” korxonasida komplekt transformator nimstanciyasi ish rejimini boshqarishning energiya tejamkor tizimini yaratish yo’lga qo’yilgan.

Kafedra katta o’qituvchisi N. N. Mirzoev Toshkent axborot texnologiyalar universitetidagi Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering – Green Building (GREB) 574049-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP loyixasi ishtirokchisi xisoblanadi.

O’quv qo’llanma:

  1. R.B.Jalilov, A.B Safarov; Centrifuganing avtomatlashtirilgan elektr yuritmasini loyihalash: 5A310704 – “Elektr texnik majmualar va tizimlar” magistratura mutaxassisligi bo’yicha “Sanoat qurilmalari elektr texnik tizimlari va komplekslarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari” fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. Buxoro, 2016 – 89 b.
  2. R.B. Jalilov, A.B. Safarov. Yo’nalishga kirish. Oliy ta’limining «Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi» bakalavriyat yo’nalishi ushun amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha o’quv- uslubiy qo’llanma.– Buxoro: Bux MTI , 2017, 103 b.
  3. R.B. Jalilov., Safarov A.V. Yo`nalishga kirish. Oliy ta’limining 5111058- Kasb ta’limi (5310700- elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (sanoat)) bakalavriyat yo`nalishi ushun amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha o`quv qo`llanma.– Buxoro: BuxMTI , 2017, 103 b.
  4. R.B. Jalilov. Yo`nalishga kirish. Oliy ta’limining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (sanoat)» bakalavriyat yo`nalishi ushun o`qiv qo`llanma.– Buxoro: Bux MTI , 2017, 216 b.
  5. [M. T. Turdiev], M. I. Maxmudov, I. X. Sidikov, N. N. Mirzoev, energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirilgan tizimlari o’quv qo’llanma, Buxoro-2017, 155 bet
  6. I. I. Xafizov, M. I. Maxmudov, N. N. Mirzoev, Elektronika asoslari o’quv qo’llanma, Buxoro-2017, 153 bet
  7. I. I. Xafizov, M. I. Maxmudov, chastotaviy rostlanadigan o’zgaruvchan tok elektr yuritmalar, Buxoro-2017, 237 bet

Oxirgi yangilangan sana: 27.12.2017