Blog

Ehtirom va e`zoz

Q.Yu.Maxmudov va F.N.Ashurov – “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’qituvchilari

Mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining ulug’ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning tug’ilgan sanasini keng nishonlash, yorqin xotirasini abadiylashtirish, uning buyuk jasoratini jamoatchilikka, xususan o’sib kelayotgan navqiron yoshlarimizga etkazish maqsadida 2017 yil 31 yanvar kuni “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’qituvchilari Q.Yu.Maxmudov va F.N.Ashurovlar tomonidan 22-16 KT va 24-16 KT yo’nalishi gurux talabalari bilan  “Ehtirom va e`zoz” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.

Kafedra o’qituvchisi Q.Yu.Maxmudov so’zga chiqib – Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklab, uni mustaqil davlatlar qatoridan munosib joy olishida, xalqimizning ko’ksi to’la g’urur, iftihor bilan, boshini baland ko’tarib “Men o’zbekman” degan fahrni baralla ayta olishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning beqiyos, ulkan  hissasi bor. Qay bir sohada erishilgan yutuqlarga nazar tashlamang, ular zamirida  dono va zukko-davlatimiz rahbarining tashabbuslari yotganini anglaymiz deb o’z fikrini bildirdi.

Bundan tashqari, birinchi yo’lboshchimiz muhtaram Islom Abdug’anievich Karimov tashabbusi bilan mustaqillik yillarida mamlakatimiz taraqqiyotning “o’zbek modeli” asosida yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlashning huquqiy, tashkiliy asoslari yaratilganligi, ularning salohiyati, iste`dodini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashning mustahkam mexanizmi shakllantirish uchun juda katta e`tibor qaratganliklarini talaba yoshlarga so’zlab berdi.

Kafedra o’qituvchisi F.N.Ashurov – E`tirof etganidek, Islom Karimovning qat’iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o’z taraqqiyot yo’lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g’oyat murakkab va mas’uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko’rmasdan, tinch-totuvlikda, eson-omon o’tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog’liq. Qolaversa, o’zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida o’chmas iz qoldirdi. U nafaqat O’zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro’-e`tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani haqida ma’lumot berdi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasi, sohaga oid 20 dan ortiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning hayotga joriy etilishida bosh bo’lganlar. Qolaversa, yoshlarning ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida 1991 yilda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonunning qabul qilingani mamlakat yoshlariga otalarcha bo’lgan mehr-muhabbatining yuksakligidan dalolatdir.

Ayniqsa, ertamiz egalari bo’lmish yoshlarning jamiyatda mustahkam o’rin egallashi uchun, sifatli ta’lim-tarbiya olishlari, ish o’rinlari, munosib turar joylar bilan ta’minlash, qo’yingki, yoshlar shu yurtning farzandiman deya faxrlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berdi. Islom Karimovdek xalqparvar, bolajon, yoshlarni “Mening farzandlarim!” deb bag’riga bosib, cheksiz mehr-muhabbatini namoyon etadigan rahbar kam bo’lsa kerak”.

Davra suhbatida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o’tib, juda qiziqarli o’tdi.

Gurux talabalaridan N.Zoirov, A.Xoliqov, D.Sa’dullaeva, D.Ro’zievalar ushbu tadbir uchun barcha talabalar nomidan tashkilotchilarga o’z minnatdor-chiliklarini bildirishdi va shu tadbirlardan yana ko’proq ko’proq bo’lishini bildirib qolishdi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.