“Dunyo yoshlar nigohida” mavzusida ko’rgazma o`tkazildi.

“Dunyo yoshlar nigohida” mavzusida ko’rgazma o`tkazildi.

Buxoro Muxandislik – texnologiya instituti “Engil sanoat”fakulteti “EST va J” kafedrasi assistenti: Mavlonova I.R. va N.F. Adilovalar tashkil etdilar. Ko’rgazmada 30-15 ESTJ guruxi talabasi Jumaeva Dilorom, 22-14 ESTJ guruxi talabasi Adilova Madinalarning ijodiy ishlaridan namunalar olib chiqildi. Ko’rgazmada institut rektori prof. U.T. Muxamedxanov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.T. Olimov, “Engil sanoat”fakulteti doc. S.S. Musaev “EST va J” kafedrasi mudiri doc. X.Q. Raxmonov hamda shu kafedraning barcha a’zolari ishtirok etdi.

Ko’rgazmada Bux MTI rektori prof. U.T.Muxamedxanov so’zga chiqib talabalar ijodiy ishlaridan mamnunligini bildirib, kelajakda dizayner qizlarimizga omad tilab, kelgusi yil Bux MTIda yangi dizayner mutaxassisligi ochilishi mumkinligini katta ishonch bilan aytib o’tdi.

Tadbirni “ES” fakulteti dekani doc. S.S. Musaev so’zga chiqib talabalarning ijodiy ishlari haqida gapirib, ularning bundan keyingi ishlariga omad tiladi.

Ko’rgazmada “EST va J” kafedrasi docenti Gafurova N.T. so’zga chiqdi “Dunyo yoshlar nigohida” mavzusini kim qanday tushunishi, ishtirokchi qizlarimizni esa ayni zamon talabiga mos fikrlashi, ularning kelajakda o’z kasbining mahoratli mutaxassisi bo’lshiga ishonch bildirdi.

Tadbirni 22-14 ESTJ guruxi hamda 30-15 ESTJ guruxi talabalari davom ettirishdi.

Ko’rgazmada 30-15 ESTJ guruxi talabasi Jumaeva Dilorom mavzuga oid rangli rasmlari bilan qatnashdi. 22-14 ESTJ guruxidan esa Adilova Madina mavzuga oid turli xildagi rangli rasmlari hamda aplekaciya ishlari bilan qatnashib, ko’rgazma mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbirni kafedra mudiri R.Q. Raxmonov “Dunyoni yoshlar nigohi bilan ko’rishning ahamiyati” hakidagi fikrlari bilan davom ettirdi.

Ko’rgazmaga yig’ilgan talaba va mutaxasislar o’rtasidagi savol-javoblar mavzuni yanada chuqurroq o’zlashtirishga imkoniyat yaratdi.

22-14 MESTJ guruxi va 30-15 ESTJ guruxi talabalari tomonidan tayyorlangan A-3 qog’ozdagi “Dunyo yoshlar nigohida” mavzusidagi rasmlar ko’rgazmasi hamda ularning ijodiy ishlari namoyishi tadbirni davom ettirdi.