DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL

SHifr Ixtisoslik nomi kvota
Doktorantura
1. 02.00.17 Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari 1 ta o’rin
2 02.00.08  “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” – 1 ta o’rin
3 13.00.05 “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” 1 ta o’rin
Tayanch doktorantura
1. 01.04.05 “Optika” 1 ta o’rin
2. 02.00.08  “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” 1 ta o’rin
3. 02.00.16  “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” 2 ta o’rin
4. 02.00.17 “Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” 4 ta o’rin
5. 05.05.02  “Elektrotexnika. Elektr energiya stanciyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” 1 ta o’rin
6. 05.02.05 “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanok va asbob uskunalari” 1 ta o’rin
7. 05.02.06 “Konstrukcion metallarga ishlov berish  texnologiyalari va uskunalari” 1 ta o’rin
8. 05.06.03 “Teri, mo’yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” 2 ta o’rin
9. 05.06.02 “To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” 2 ta o’rin
10. 05.06.04 “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” 1 ta o’rin
11. 13.00.02 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) 1 ta o’rin
12. 13.00.05 “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” 1 ta o’rin
13. 13.00.06 “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo’yicha)” 1 ta o’rin

 

 

 

TAYANCH DOKTORANTURA VA DOKTORANTURAGA KIRUVCHILAR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRISHLARI KERAK

(2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha)

 

Tayanch doktoranturada o’qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari.
  • Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar
  • Pasport kseroks nusxasi

 

Doktoranturada o’qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertaciyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yati, shuningdek ularning nusxalari

 

Hujjatlar quyidagi manzilga topshirilishi kerak: Buxoro sh., K.Murtazoev k.,15 uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi.