“Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish” mavzusidagi tadbir o’tkazildi

“Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish” mavzusidagi tadbir o’tkazildi

Tadbirni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori R.A.Xaitov kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z nutqida 1995 yil 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida “Bag’rikenglik tamoyillari to’g’risidagi” deklaratsiya qabul qilinganini takidladi.

Deklarasiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag’rikenglikni targ’ib etish, inson huquqlari va erkinliklarga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar aks etgan. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo’lgan xislat bag’rikenglik biz uchun an’anaviydir. Shu kundan e’tiboran Jahonda 16 noyabrni har yili «Xalqaro bag’rikenglik kuni» sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. 1996 yilda BMT Bosh Assambleyasi har yili shu kunni Xalqaro bag’rikenglik kuni deb nishonlashni taklif qilgan edi.

«Bag’rikenglik» so’zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to’ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib «bag’rikenglik» chidamlilik, bardoshlik, toqatlilik, o’zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyish mumkin.

 

Shuningdek, Buxoro shahar bosh imom xatibi Otabek Avezov, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti F.M. Bafoevlar so’zga chiqib, Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalari haqida o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.