Blog

Dilba yoru dastba kor

Joriy yilning 31-mart kuni “Kimyoviy texnologiya” fakulteti 6-14 NGKSTguruh talabalari bilan  “Dilba yoru dastba kor” shiori ostida  talabalar  bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish  maqsadida   ekskursiya tashkilotchisi Rahimov B.R  “Bahouddin Naqshband” majmuasiga ekskursiya tashkil etdi.

Ekskursiya shayx Bahouddin Naqshbandning  volidalari bibi Orifa maqbaralarini ziyorat etib, so’ng shayx Bahouddin Naqshband  maqbaralari   ziyorat e’tildi.

Shundan so’ng  6-14 NGKSTguruh talabalari Bahouddin Naqshband hayoti va ta’limoti  to’g’risida gid ma`ruzasida bo’ldilar. Ma`ruzachi nutqi davomida quydagi fikrlarni takidladi.Hoja Bahouddin Naqshband islom olamidagi eng buyuk va eng mo’tabar zotlardan biridir.  Bahouddin Naqshband 1318yil sentyabr oyining uchinchi jumasida tavallud topganlar. Hozirgi kunda shayx Bahouddin Naqshbandning avlodlari Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Xo’jalar qishlogida yashab kelmoqdalar.  Ma’ruza so’ngida  talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli  javoblar olishdi.

Ekskursiya tashkilotchisi Rahimov B.R barcha talabalarni o’ziga jalb etib, quydagi fikirlarni bildirdi. 

Bahouddin majmuasi – shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira – ansambl Mozor Abdulazizxon buyrug’i bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 – 45 y.larda majmuaning eng katta binosi – xonaqoh qurilgan.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi o’tkazilib (1993) majmua qayta ta’mirlandi, qo’shimcha binolar bunyod etildi. Shundan so’ng  talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha  javoblar olishdi  hamda talabalar ma’naviy hordiq chiqardilar.

 

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.