Devonxona va arxiv bo`limi

Buxoro  muhandislik – texnologiya institutida  ish yuritishni tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ularning ijrosini nazorat qilish va saqlash uchun javobgarlik Devonxonaga hamda Ichki nazorat va monitoring bo’limi zimmasiga yuklangan.

Institut hujjatlari (ayrim tarkibiy bo’linmalar yoki hujjatlar guruhi bo’yicha) ham to’liq, ham tanlab hisobga olib boriladi. Jismoniy shaxslarning murojaatlari alohida hisobga olinadi. Hujjatlar sonini hisoblashda hisobga olish birligi uchun har bir nusxa, jumladan ko’paytirilgani qabul qilinadi.

Hujjatlar sonini hisoblash hujjatlar ijrosi nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (JFC) dasturi va hisobga olish daftarlari bo’yicha amalga oshiriladi.

Hujjatlarni hisobga olish natijalari institut devonxonasida umumlashshriladi va hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun rahbariyatga taqdim etiladi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti devoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar, ular olinganidan keyin bir soat mobaynida bajaruvchilarga etkaziladi.

Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash institutning devonxonasida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Hujjatlar solingan konvertlar, shu jumladan buyurtma konvertlar ochiladi, shu bilan birga unda hujjatlar (shu jumladan, ilovalar) mavjudligi tekshiriladi va  hujjatlar etishmasligi yoki yaroqsizligi aniqlanganda hujjatlar paket kelgan tashkilotga jo’natiladi.  Noto’g’ri jo’natilgan hujjatlar kelib tushgan konvertdagi hujjatni yangi konvertga ilova qilib manzili bo’yicha jo’natiladi yoki murojaat etuvchiga qaytariladi. Kelib tushgan hujjatlarning konvertlari (shu jumladan, fuqarolarning xatlari) jo’natuvchining manzilini, xujjatning jo’natilgan va olingan vaqtini, shuningdek shaxsiy yoki puli to’lab olinadigan hujjatlarni faqat konverti bo’yicha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda yo’q qilinmaydi. Olingan hujjatning birinchi varag’i o’ng pastki qismida oluvchi tashkilotning qisqartirilgan nomi, hujjatning kelib tushgan sanasi va uning indeksidan iborat ro’yxatga olish muhri qo’yiladi.“SHaxsan” grifli hujjatlar ochilmaydi va manzillangan oluvchiga beriladi. Elektron eltuvchilarda hujjatlar kelib tushganda ilova qilingan hujjatlar va elektron eltuvchilar qayta ishlanadi.

Hujjatlarni dastlabki ko’rib chiqish ularning mazmunini baholashdan kelib chiqqan holda, institutda majburiyatlarning belgilangan taqsimlanishi asosida devonxonada amalga oshiriladi va  bevosita tarkibiy bo’linmalarga yoki mansabdor shaxslarga manzillangan hujjatlar vazifasi bo’yicha beriladi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti devoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar, ular olinganidan keyin bir soat mobaynida bajaruvchilarga etkaziladi.

Hujjatlar bilan ishlash va ularni jo’natish amaldagi pochta qoidalariga muvofiq markazlashtirilgan holda institut devonxonasida amalga oshiriladi.

Hujjatlar ijrosi namunaviy muddatlarinnng ro’yxati

Fuqarolarning ariza va shikoyatlari – kelib tushgan kundan bir oy davomida, qo’shimcha o’rganish va tekshirish talab qilinmaganda – 15 kundan kechiktirilmagan muddatda.

Yuqori turuvchi organlarning topshiriq-xatlari va talabnoma-xatlari – ularda ko’rsatilgan muddatga yoki hujjatning olingan kunidan 10 kun davomida.

Qonun loyihalari bo’yicha takliflar va xulosalar – 7 kalendarь kun davomida, qarorlar – 3 kalendarь kun davomida, farmoyishlar – 2 kalendarь kundan oshmagan muddatda.

Korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar xatlari -1 oy.

Jismoniy shaxslarning murojaatlari – bir oy muddatda, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiluvchi takliflardan tashqari.

Xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat Kengashi sessiyasidagi deputatlarning taklif va mulohazalari – ko’rib chiqish uchun 7 kun muddatda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining tavsiyalari: ko’rib chiqilgan natijalarni xabardor qilish – bir oydan ko’p bo’lmagan muddatda yoki komissiyalar tomonidan belgilangan muddatda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari 7 kunlik muddatdan kechiktirmasdan ma’lumot uchun etkaziladi.

Xalq deputatlari shahar, tuman Kengashining qarori – 5 kunlik muddatdan kechiktirmasdan.

SHoshilinch hal qilinishini talab qiladigan telegrammalar – bir kecha-kunduz davomida, kolganlari – olingandan keyin 3 kun muddatda.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI, O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARI, QARORLARI, FARMOYISHLARI VA TOPSHIRIQLARI, HUKUMAT QARORLARI, FARMOYISHLARI VA TOPSHIRIQLARI IJROSINING NAZORATINI TASHKIL QILISH

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosining nazorat qilish nazorat kartochkalari bo’yicha amalga oshiriladi.

1a, 1b nazorat kartochkalari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va bayonnomalari, topshiriqlari (yozma va og’zaki), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyati va Davlat maslahatchilarining topshiriqlari uchun to’ldiriladi.

2a, 26 nazorat kartochkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, yig’ilishi va uning Rayosati bayonnomalari, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazir o’rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining topshiriqlari uchun to’ldiriladi.

3a, 3b nazorat kartochkalari  institut Ilmiy kengashi, umumiy yig’ilish qarorlari, rahbar buyruqlari, nazorat rejalarining bandlari, tadbirlar va boshqa xususiy qarorlar uchun to’ldiriladi.

Qonunlar, farmonlar, qarorlar va farmoyishlar bajarilishi bo’yicha amaliy choralarni ko’rish maqsadida vazirlik tomonidan “O’zbekiston Respublikasi qonunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida ijrosini tashkil qilish sxemasi”da keltirilgan choralarni tashkil qilish ta’minlanadi

O’zbekiston Respublikasi qonunlarnping ijrosi:

  • qonunni puxta tahlil qilish va o’rganish;
  • aniq chora-tadbirlarni, ijrochini va bajarish muddatlarini ko’rsatgan holda rahbarning aniq maqsadga yo’naltirilgan rezolyuciyasini tayyorlash va qo’yish;
  • chuqur ishlab chiqilgano’z qarorlarini, pirovard natijalarga erishishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash;
  • o’zining ilgari qabul qilingan qarorlarini muvofiqlashtirish va ularga o’zgartirishlar kiritish;
  • qabul qilingan qarorning bajarilishini doimiy nazorat qilish va bajarilish holatining monntoringini olib borish;
  • qonunlar ijrosining holatini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, asosli baholash va kamchiliklarga yo’l qo’ygan shaxslarga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini belgilash;
  • kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni topshiriqlarining ijrosi:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, uning devonitopshiriqlarini puxta tahlil qilishva o’rganish;
  • aniq chora-tadbirlarni, topshiriqning ijrochisi va bajarish muddatlarini ko’rsatgan holda rahbarning aniq maqsadga yo’naltirilgan rezolyuciyasini tayyorlash va qo’yish;
  • chuqur ishlab chiqilgan o’z qarorlarini, pirovard natijalarga erishishga yo’naltirilgantadbirlarni tayyorlash;
  • qabul qilingan qarorni bajarish bo’yicha chora-tadbirlar (nazorat rejasi, tadbirlar rejasi, harakatlar rejasi, kalendarьgrafik, izchil jadval) ishlab chiqish;
  • topshiriqlar bajarilishi holatining doimiy nazorati va monitoringinitashkil etish;
  • qarorlarning ijrosi holatini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, asosli baholash va kamchiliklarga yo’l qo’ygan shaxslarga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini belgilash;
  • kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasn qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasn Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig’ilishi qarorlari, Bosh vazir, Bosh vazir o’rinbosarlarn, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo’linmalari rahbarlari topshiriqlarining ijrosi:

  • Hukumat qarorlarini puxta tahlil qilish va o’rganish;
  • aniq chora-tadbirlarni, topshiriqning ijrochisi va bajarish muddatlarini ko’rsatgan holda rahbarning aniq maqsadga yo’naltirilgan rezolyuciyasini tayyorlash va qo’yish;
  • chuqur ishlab chiqilgan o’z qarorlarini, pirovard natijalarga erishishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash;
  • qabul qilingan qarorni bajarish bo’yicha chora-tadbirlar (nazorat rejasi, tadbirlar rejasi, harakatlar rejasi, kalendarь grafik, izchil jadval) ishlab chiqish:
  • topshiriqlarning bajarilishi holatiniig doimiy nazorati va monitoringini tashkil etish;
  • qarorlar ijrosining holatini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, asosli baholash va kamchiliklarga yo’l qo’ygan shaxslarga shaxsiy javobgarlik choralarini belgilash;
  • kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq choralarni ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash.

O’z qarorlarining ijrosi:

  • o’z qarorini bajarish bo’yicha chora-tadbirlar (nazorat rejasi, tadbirlar rejasi, harakatlar rejasi, kalendarь grafik, izchil jadval) ishlab chiqish;
  • topshiriqdar bajarilishi holatining doimiy nazorati va monitoringini tashkil etish;
  • qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, asosli baholash va kamchiliklarga yo’l qo’ygan shaxslarga shaxsiy javobgarlik choralarini belgilash;
  • kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash.