Blog

“Davraga kel dugonajon”

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Davraga kel dugonajon” shiori ostida “Balli qizlar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Qizlarni milliy qadriyatlarga hurmat, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini turli yot g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda institutning turli yo’nalishlarida tahsil oluvchi talaba-qizlar o’zaro bahslashdi. Dastlab tadbirni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berib, ishtirokchi qizlarga omad va zafarlar tiladi.

Ishtirokchilar ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, oiladagi sog’lom ma’naviy muhitning bola ongiga ta’siri, ta’lim olish, darslarni yaxshi o’zlashtirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, milliy qadriyatlar hamda an’analar mohiyati kabi mavzular bo’yicha o’z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar. Shuningdek, tadbirda erta hamda qarindoshlar o’rtasidagi nikohning oqibatlari, milliy qadriyatlar, bola tarbiyasida mahallaning o’rni, xonadonlar sarishtaligini saqlash, yoshlarning kiyinish va tibbiy madaniyatini oshirish kabi mavzular ochib berildi.

Yakunda bir qancha yo’nalishlar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan qizlar  tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *