Buxoroning tarixiy obidalari

Back to Posts
Posted by: Jaxongir Saidov Category: Yangiliklar Post Date: 05/19/2017

Tarixiy va afsonaviy me’morchiligi bilan mashhur Buxoro shahrida juda ko’plab tarixiy obidalar mavjud bo’lib, ular xalqimizning bebaho merosidir. Ark, Sitorai Mohi Xosa, Masjidi Kalon, Chor Bakr, Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab madrasasi va mana shunday tarixiy obidalar sonini sanab adog’iga yetish mushkul.

Ma’lumki, o’zbek xalqimizning boy madaniy merosini, ayniqsa tarixiy-ma’moriy obidalarini o’rganish yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.

18-may kuni o’quv mashg’ulotlari tugagach, 10-16 TJBAKT guruhi talabalari, guruh murabbiysi boshchiligida Buxoroning  tarixiy obidalaridan biri-Sitorai Mohi Xoca muzeyida bo’lishdi.

Qadim tarixning nafasi ufurib turgan Sitorai Mohi Xoca muzeyi xonalarini birma-bir ko’rib chiqisharkan, talabalar o’zbek xalqi ustalarining mahoratiga yana bir marta qoyil qolishdi.

Muzey taassurotlari talabalarda milliy iftixor tuyg’ularini yanada mustahkamladi.

 

Back to Posts