Buxoro muhandislik-texnologiya institutida psixologik trening o’tkazildi.

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 01/31/2019

“Buxoro muhandislik-texnologiya instituti psixologi Radjabova Umida Ubaydulloevna professor-o’qituvchilar bilan adaptatsion moslashish maqsadida   “men o’zimni yaxshi ko’raman” deb nomlangan mashq shartlari tushuntirilib, o’tkazildi. Mashqda har bir o’qituvchi o’zining ijobiy xarakter xususiyatlarini aytishdi.

So’ng “so’zli portret” deb nomlangan mashq ishtirokchilar qog’ozga o’zlari haqida anonim shaklda yozdilar. Ular oila, do’stlarining fazilatlari,  xarakteri, xulq-atvori, ishdagi yutuqlari haqida yozishdi. Varoqlar yig`ib olindi va aralashtirildi, so’ng har bir ishtirokchi bitta varoqni tanlab oladi va tanlangan varoqda kim haqida gap ketayotganligini aytishdi. Ayrim hollarda topa olishmadi, qolgan ishtirokchilar yordamlashdi. Bu mashqdan asosiy maqsad kafedra professor-o’qituvchilari hamkasblari haqida xarakteri, yutuqlari, kamchiliklari, oilasi haqida qay darajada bilishlari aniqlandi.

Back to Posts