Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi vazirdan Faxriy yorliq oldi!

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi vazirdan Faxriy yorliq oldi!

Mamlakatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan mazkur tanlovning Respublika bosqichida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo’yicha Buxoro muhandislik texnologiya instituti talabasi Amirbek Oripovning tayyorlagan ishi hakamlar hay’ati tomonidan ijobiy baholandi. Unga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov tomonidan faxriy yorliq  topshirildi.