BuxMTIda o’tkazilgan pedagog xodimlar attestatsiyasi to’g’risida ma’lumot

BuxMTIda o’tkazilgan pedagog xodimlar attestatsiyasi to’g’risida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish” Davlat inspeksiyasi tomonidan inspeksiyaning Buxoro viloyatidagi xududiy bo’limi hamda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limlari xodimlarining faol ishtirokida Buxoro viloyatidagi maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, birinchi va oliy toifaga talabgor 3000 nafar pedagog xodimlarning attestaciyasi 2018 yil 26 martdan 3 aprelga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bazasida onlayn-test shaklida yuqori saviyada tashkil etildi. Attestaciya jarayonini tashkil etishda, kompyuterlar va internet tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlashda institutning “Axborot texnologiyalari markazi” xodimlari H.Q.Saidov boshchiligida faol ishtirok etishdi.

Institutda amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda xodimlarning o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshganliklari sababli attestaciya jarayoni yuqori saviyada o’tkazildi va bu borada Respublika Davlat inspekciyasi xodimlari, viloyat hokimligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hech qanday e’tirozlar bo’lmadi.

 

BuxMTI  “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limi