Blog

BUGUNGI KUN TA’LIM-ERTANGI KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Oʻzbekiston rivojlanishining yangi bosqichida barcha soxalarda islohotlar amalga oshirib kelinyapti. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanmoqda. Globallashuv jarayoni har bir davlatning barqaror rivojlanishini taʼminlash maqsadida mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishni va roʻyobga chiqarishni talab qiladi.

Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot yoʻliga nazar tashlasak, ularning aksari ilm-fan rivoji va iqtidorli yoshlari bilan shu darajaga yetganiga guvoh boʻlamiz. Zero, buyuklar aytganidek, bugun katta moddiy boyliklarga ega oʻlkalar emas, iqtidorli va salohiyatli yoshlari bor davlatlargina chinakam farovonlikka erishmoqda.

Prezidentimiz mamlakatimizni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun neki harakat, chora, tadbir talab etilsa, hammasiga birdek jiddiy e’tibor, diqqat qaratmoqda. Ayni maqsadga erishishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilib, vazifalar ijrosi uchun zarur mablag‘, intellektual salohiyat, inson omili faol safarbar etilyapti. Yurtboshimizning kuni kecha e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni matniga, hujjatning umumiy ruhiga sinchiklab nazar solsak, bu hayotiy haqiqatni yana bir bor his qilamiz, dildan e’tirof etamiz.

Jumladan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi va 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli farmonlarini yaratilishi yangi Oʻzbekiston taʼlim tizimini barpo etishda katta rol oʻynamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida: “Oʻzbekistonning 10 ta oliy taʼlim muassasasi 2030-yilga borib xalqaro tashkilotlar mingtaligidan joy olishi kerak”. Bu vazifa, butun jamiyatga kuch bagʻishlashi tayin. Xuddi shu tarixiy xujjatda: “Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:

– oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;

– taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

– oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;

– maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish;

Xususan, taʼlimning rivoji bilan butun bir davlatning kelajagini belgilash mumkin. Buni kuni-kecha Prezdentimizning 1 oktyabr` – O’qituvchi va murabbiylar kunidagi bayram tabrigidagi:  “Men yangi O’zbekistonni – obod va farovon, demokratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-o’qituvchilarni o’zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan faoliyatingizni qo’llab-quvvatlash, sizlar uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o’zimning muqaddas burchim, deb hisoblayman”-degan so’zlarini o’ziyoq biz professor-o’qituvchilarga kata mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun biz professor-o’qituvchilar masʼuliyatni oshirishimiz, taʼlim tizimi oʻquv dasturlari xar yilda yangilanishi va takomillashtirilishi xususiyati fan yoʻnalishlaridagi zamonaviy yangiliklar, oʻzgarishlarning oʻquv dasturlarda aks ettirilishi taʼlim mazmunining yildan-yilga mazmun-mohiyati takomillashtirib borishimiz, yagona taʼlim tizimi boshqaruvi orqali kasbga yoʻnaltirish jarayoni ham har bir oʻquvchi bilim qobilyatiga asosan ixtisoslashtirish talablari asosida maʼlum yoʻnalish boʻyicha taʼlimning keyingi tizimlariga oʻtkazilishi muhim jihatlardan biri hissoblanishi, Ilmiy tadqiqot tashkilotlari bevosita taʼlim tizimlarida faoliyat olib borib taʼlim muassasalari faoliyati natijalariga ularning masʼulligi va toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarligi bilan ilmiy yangiliklar amaliyotga tezkor tadbiq etishimiz shart va zarur omilardan biridir.

Bugun taʼlim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi hisoblanadi. Buni ayni paytda xorijiy davlatlarda taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali yuksak bilim va koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilayotganligidan ham tushunish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Bugungi kunda oliy taʼlimdan ilmiy-texnik yutuqlar va innovatsiya sohasida yuqori darajali qoʻshimcha qiymatni yaratish qobiliyati talab etilmoqda. Bunda oliy taʼlim sifati iqtisodiy barqarorlik kafolati hisoblanadi.

Oliy taʼlim sifatini iqtisodiy jihatdan tahlil etish, moliyaviy, iqtisodiy va boshqaruv muammolarini aniqlash, OTMning tashqi va ichki omillarining doimiy oʻzgarishi sharoitida belgilangan maqsadlarga erisha olish qobiliyatini baholash va prognozlash iqtisodiy diagnostikaning qoidalariga qatʼiy rioya qilishni talab etadi. Shu jihatdan, iqtisodiy diagnostika orqali sarflanadigan xarajatlarning taʼlim sifatiga taʼsirini aniqlash va kutilayotgan samara bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi.

SHOKIROV LAZIZ BAXTIYOROVICH.

“Toqimachilik texnologiyasi va dizayni” kafedrasi assistenti.

Share this post