“Evropa Ittifokining ko’p yillik byudjeti” mavzusida seminar treningi

“Evropa Ittifokining ko’p yillik byudjeti” mavzusida seminar treningi

Bolgariya Respublikasi D.A.Tsenov nomli iqtisod akademiyasi “Moliya va kredit”  bo’limi bo’yicha ilmiy tadkikotlar instituti direktori professor Aneliya Radulova bilan Bux MTI “Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi”  fakultetining “Menejment” kafedrasi pedagog-xodimlari  bilan birgalikda“Evropa Ittifokining ko’p yillik byudjeti” mavzusida seminar trening

 

Seminar treningni dotsent D.I.Ro’zieva kirish so’zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy-iqtisodiy isloh kilishning asosiy maqsadlaridan biri sifatida iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishi bo’yicha  tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizaciya va difersifikaciya qilish qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institucional o’zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;  xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlangan holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; ilg’or xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlashga  e’tiborini karatdi. SHundan so’ng Bolgariya Respublikasi D.A.Tsenov nomli iktisod akademiyasi “Moliya va kredit” bulimi buyicha ilmiy tadkikotlar instituti direktori professor Aneliya Radulova “Evropa Ittifokining kup yillik byudjeti” buyicha ko’rgazmali slaydlar orqali seminar ishtirokchilarini tanishtirdi. Anelia  Radulova Evropa Ittifoqining byudjeti tizimi, ko’p yillik moliyaviy tuzilmasi, xarajat va daromadlari, makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bandlikning o’sib borishi bo’yicha tayyorlagan taqdimotlari bilan barchani tanishtirdi. SHundan so’ng “Menejment” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan Evropa ittifoqining byudjet tizimiga oid bir qator savollar bilan murojaat qilib uning bugungi kundagi ahamiyatiga e’tiborlarini qaratdilar.

Tadbirning asosiy yutuqlaridan biri bu chet el mamlakatlarining tajribalarini o’rganishga qaratilgan bo’lib, bunda pedagog xodimlar yana bir bora shu sohada o’z bilim va ko’nikmalarini  oshirdilar va ular kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi uchun makroiqtisodiy muammolarni echishga va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga amaliy yordam ko’rsatadilar degan umiddamiz.

“Menejment” kafedrasi o’qituvchilari:     Haydar Muhiddinovich Mo’minov, Dildora Damirovna Alimova