“Biznesni rejalashtirish”, “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Mehnat iqtisodiyoti” fanlari bo’yicha ma’ruza va amaliy darslari

2021 yil 30 noyabr kuni 3, 4 va 5-juftliklarda 710-19 ICHT guruhida “Biznesni rejalashtirish”, “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Mehnat iqtisodiyoti” fanlari bo’yicha ma’ruza va amaliy darslarni Buxoro shahridagi «Parvozteks» MCHJ da Master Klass o’tishdi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari” fakul’teti “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi J.K.Musayeva rahbarligida “Biznesni rejalashtirish” fanidan “Ishlab chiqarish rejasi bo’limining vazifalari va tarkibi” mavzusini hamda “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish” fanidan “Innovatsion texnologiyalar samaradorligi”mavzularini keng o’rganish, hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lash maqsadida 710-19 IChT guruhi talabalari bilan 2021 yilning 30 noyabr kuni «Parvozteks» MCHJ ga tashrif buyurishdi. Korxona rahbari Ashurov Damir Umid o’g’li korxonada mahsulot mahsulot ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumot berdi. J.K.Musayeva Ishlab chiqarish rejasi bo’limining vazifalari va tarkibini, jarayonlar reja va buyurtmalar asosida tashkil qilinishini, korxonaning kesish, tayyorlov 1- tikish, qirqish, donalab tikish, pardozlash, sifat nazorati va qadoqlash sexlarida ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarini amaliy jihatdan mazmunli tushuntirdi. Korxonada mavjud uskunalar, innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirildi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga toliq javoblar olishdi. Ushbu jarayonlar talabalar bilimini osirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Menejment” kafedrasi o’qituvchisi Bozorova Mamlakat Suppiyeva va o’qituvchi-stajyor Raxmatov Jasur Abduraxmonovich rahbarligida “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan “Ijtimoiiy mehnat munosabatlari” mavzusi bo’yicha talabalarga korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, ishchi xodimlarning mehnat sharoitlari, mehnat munosabatlari, ish haqining taqsimlanishi bilan tanishishtirdi. Shuningdek «Parvozteks» MCHJ asosiy sexlarida ishchi, xodimlari va mutaxassislarning ish jarayoni bilan tanishishtirdi va ular bilan mazmunli muloqot olib borishdi.
«Parvozteks» MCHJ rahbar xodimlari korxonaning kelgusidagi strategiyalari haqida ma’lumot berdi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil yoritib berishdi. Sohaga qiziqqan 710-19 ICHT guruhi talabalari Savol-javoblarda faol ishtirok etdilar va o‘zlari uchun foydali malumot oldilar. Master klass davomida talabalarning nazariy bilimlari amaliy bilimlar bilan yanada boyitildi. Mutaxassis kadrlarga ehtiyoj mavjudligi sababli talabalar ishga qabul qilinishi to’risida takliflar berildi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari” fakul’teti “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi J.K.Musayeva rahbarligida “Biznesni rejalashtirish” fanidan “Ishlab chiqarish rejasi bo’limining vazifalari va tarkibi” mavzusini hamda “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish” fanidan “Innovatsion texnologiyalar samaradorligi”mavzularini keng o’rganish, hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lash maqsadida 710-19 IChT guruhi talabalari bilan 2021 yilning 30 noyabr kuni «Parvozteks» MCHJ ga tashrif buyurishdi. Korxona rahbari Ashurov Damir Umid o’g’li korxonada mahsulot mahsulot ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumot berdi. J.K.Musayeva Ishlab chiqarish rejasi bo’limining vazifalari va tarkibini, jarayonlar reja va buyurtmalar asosida tashkil qilinishini, korxonaning kesish, tayyorlov 1- tikish, qirqish, donalab tikish, pardozlash, sifat nazorati va qadoqlash sexlarida ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarini amaliy jihatdan mazmunli tushuntirdi. Korxonada mavjud uskunalar, innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirildi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga toliq javoblar olishdi. Ushbu jarayonlar talabalar bilimini osirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Menejment” kafedrasi o’qituvchisi Bozorova Mamlakat Suppiyevna va o’qituvchi-stajyor Raxmatov Jasur Abduraxmonovich rahbarligida “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan “Ijtimoiiy mehnat munosabatlari” mavzusi bo’yicha talabalarga korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, ishchi xodimlarning mehnat sharoitlari, mehnat munosabatlari, ish haqining taqsimlanishi bilan tanishishtirdi. Shuningdek «Parvozteks» MCHJ asosiy sexlarida ishchi, xodimlari va mutaxassislarning ish jarayoni bilan tanishishtirdi va ular bilan mazmunli muloqot olib borishdi.
«Parvozteks» MCHJ rahbar xodimlari korxonaning kelgusidagi strategiyalari haqida ma’lumot berdi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil yoritib berishdi. Sohaga qiziqqan 710-19 ICHT guruhi talabalari Savol-javoblarda faol ishtirok etdilar va o‘zlari uchun foydali malumot oldilar. Master klass davomida talabalarning nazariy bilimlari amaliy bilimlar bilan yanada boyitildi. Mutaxassis kadrlarga bugungi kunda ehtiyoj mavjudligi sababli, talabalar ishga qabul qilinishi to’risida takliflar berildi.