“Biz yoshlar sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz”

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 04/03/2019

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Yoshlar sog’lom turmush tarzi tarafdori” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. 

OITS(SPID) kasalligi haqida juda ko‘p eshitamiz. Darhaqiqat, targ‘ibot ishlari kuchidan ushbu bedavo xastalikka chalinish sabablari va uning oqibatlari borasida deyarli barcha kishilar boshlang‘ich tushunchaga ega. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, kasallangan insonlar soni kamayib qolayotgani yo‘q. Demak, jamiyatimizda kasallikni oldini olish bo‘yicha hali ko‘p harakat qilishimiz zarur. Lekin, ko‘pchilik kishilar aynan shu kasallikdan atrofidagi insonlar aziyat chekkanidagina xulosa chiqarmoqda. O’tkazilgan davra suhbatida ham shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, bu bedavo kasallik OITSga yo’l ochishi haqida so’z yuritib, bugungi kunda Jahon sogliqni saqlash tashkilotining aynan giyohvandlik va OITS kasalliklari bilan bogliq so’nggi ma’lumotlarini, talabalar o’rtasida soglom turmush tarzini, tibbiy madaniyatni targib etgan holda, ularga giyohvand moddalarning inson organizmiga va naslga ta’sir ko’rsatuvchi salbiy oqibatlari haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Talabalar odam savdosi bilan bogliq va giyohvandlik hamda OITS kasalliklari haqida o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javoblar oldilar. Tadbir nihoyasida talaba yoshlarga mavzuga doir hujjatli film namoyish etildi.

Back to Posts