“BITIRUVCHI-2019” TAQSIMOT TADBIRI

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 05/04/2019

2018-2019-o’quv yilida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 17 ta bakalavr  yo’nalish bo’yicha  1284 ta va 10 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 92 ta talaba o’qishni tugatmoqda. Bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Bitiruvchi-2019” taqsimot tadbiri o’tkazildi. Maqsad-bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ishsizlikdan ximoyalash, xamkor tashkilotlar va viloyatimizdagi mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirish iborat. Tadbirni institut rektori N.R.Barakaev ochib berdi va hozirda viloyatimizning yirik va zamonaviy korxonalari bazasida institutning 11 ta kafedra filiallari faoliyat yuritayotganligini yig’ilganlarga ma’lum qildi.  Kafedra filiallarida maxsus o`quv va laboratoriya xonalari tashkil etilganligi, talabalar, professor-o`qituvchilar korxonaning yetakchi mutaxassislari hamkorligida laboratoriya darslarini va ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tab kelayotganligini va bu esa talablar o’qishni tugatgach o’zlari amaliyot o’tagan ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashishida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Har yil ananaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan ushbu tadbirning bu galgisi o’zgacha ruhda tashkil etildi. Sababi 20 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalari taklif etilgan mehnat yarmarkasida bitiruvchilarga “Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish to’g’risida”gi uch tomonlama shartnomalar berildi va korxona-tashkilotlar bilan  100 dan ortiq mehnat shartnomalari imzolandi.

Back to Posts