Blog

Bayrog‘imiz-faxrimiz, g‘ururimiz

2020 yil 18 noyabrda institutning faollar zalida  “Engil sanoat” fakulteti  tomonidan  18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga atab, “Bayrog‘imiz-faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Fakultet talabalari tomonidan  she’rlar, ashulalar shuningdek  sahna ko‘rinishi  namoyish etildi. Taklif qilingan  5-sonli  musiqa maktab o‘quvchilari tomonidan musiqalar aytildi. Fakultet guruh talabalari tomonidan tayyorlab uzatilgan telegramm kanallari  orqali videolavhalar, taqdimotlar ko‘rsatildi. Tadbir juda qizg‘in o‘tdi faol qatnashgan talabalar rahbariyat tomonidan  tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

 

 

“Yengil sanoat” fakulteti  Yoshlar bilan ishlash

 bo‘yicha dekan muovini  D.S. Kazakova

Share this post