Blog

Barkamol avlodni tarbiyalashda sog’lom turmush tarzi

  1. Institut strukturasi va undagi kafedralar ta’lim yo’nalishlari to’g’risida ma’lumot.
  2. Barkamol avlodni tarbiyalashda sog’lom turmush tarzining roli haqida.
  3. BuxMTI «Kimyo» va «Neft kimyo sanoati» kafedralari o’qituvchilarining ochik darslari tahlili.

V.N.Axmedov kollej talabalariga institut strukturasi va undagi kafedralar ta’lim yo’nalishlari to’g’risida axborot berdi.

Talabalarga institutga kirish imtihonlari va qaysi yo’nalishga qanday fanlardan imtihon bo’lishi haqida aytib o’tdi.

«Neft kimyo sanoati»  kafedrasi a’zolari Q.Sharipov, H.Obidov va A.Ochilovlar  neft va gaz sanoati  – O’zbekiston iqtisodiyotining bosh negizi ekanligi,  Surgil gazkimyo majmuasi, Qandim zavodi qurilayotganligi va bu korxonalarda har tomonlama yetuk barkamol, o’z sohasining mutaxassislari kerakligi ta’kidlandi.

2-masala yuzasidan Buxoro viloyati salomatlik instituti oliy toifali shifokor I.Mustafoev sog’lom farzandlarni tarbiyalash – davr talabi ekanligi, sog’lom bo’lish uchun har bir inson o’zi harakat qilmog’i zarurligi, buning uchun spirtli ichimliklar ichish, chekish, vaqtida ovqatlanmaslik kabi zararli odatlardan kechib, sport bilan shug’ullanish, badiiy adabiyotlar o’qish, umuman olganda sog’lom turmush tarzida hayot kechirish kerakligi aytib o’tildi. Zero, sog’lom avlod sog’lom millat ko`zgusidir.

3-masala yuzasidan  BuxMTI «Kimyo»kafedrasi mudiri V.N.Axmedov so’zga chiqib, shu kafedraning katta o’qituvchisi Z.M.Berdiyevaning noorganik kimyo fanidan «s-elementlar kimyosi» mavzusida o’tkazgan ochiq darsi namunali hisoblanib, unda dars o’tishning turli usullaridan foydalanilganligi, ayniqsa, klaster, ajurli arra usullaridan mustahkamlash bosqichida foydalanganligi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

Shu masala yuzasidan «Neft kimyo sanoati» kafedrasi o’qituvchisi K.K.SHaripov ham so’zga chiqib, shu kafedra o’qituvchilaridan X.O.Obidov «Neft va gaz komponentlarini ajratish», A.A.Ochilov «Neft va gaz gidrogenlanishi»  mavzularida o’tkazgan ochiq darslari talabalarning neftь va gaz kimyosiga bo’lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qilishi, darsda talabalarga turli adabiyotlardan unumli foydalanish usullari aytib o’tilgani, «Zinama zina», «Kuchsiz xalka» kabi noananaviy dars usullaridan foydalanganligi darsning yanada qiziqarli o’tishiga sabab bo’ldi, – dedi.

Tadbirda kollej talabalari o’zlari qiziqqan savollariga javob olishdi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan kollej o’qituvchilariga umumta’lim  fanlariga oid test materiallari, o’quv – uslubiy qo’llanmalar taqdim etildi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.