Ayollar o’rtasida axloqsizlik, huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurash

Ayollar o’rtasida axloqsizlik, huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurash

2018  yil  22 yanvar  kuni    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

1-binosi 105 auditoriyasida “YSTJ” kafedrasi o’qituvchilari va Buxoro  viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida hamda 1-2-3 bosqich talabalari va institut ayol o’qituvchilari ishtirokida  “Ayollar o’rtasida axloqsizlik, huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi   kurash” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini fakultet dekani doc. SH.Muradov ochib berdi. Vaqt ajratib kelgani uchun mehmon, viloyat prokuraturasi katta prokurori S.Z.Isamovga  minnatdorchilik bildirdi. “Ayollar o’rtasida axloqsizlik, huquqbuzarlik va korrupciyaga qarshi kurash” mavzusida viloyat prokuraturasi  “Qonunchilik ustidan nazorat” bo’limi       katta prokurori  Isamov Suxrob  Zokirovich so’zga chiqdi va ayollarning axloqsizlik, qonunbuzarlik kabi illatlarga berilib,jamiyatga va o’zlariga, yaqinlariga zarar etkazayotganliklari, bu illatlar ko’pincha bekorchilikdan kelib chiqishi, turli xil tanosil kasalliklar va yomon oqibatlarga olib kelayotganligi haqida gapirdi.-“O’zbekistonda ayollar erkaklar qatori mehnat qilib, yuqori lavozim va mansablarga ega bo’lib turgan paytda, ishlashni xoxlamay, yolg’on vaj-bahonalarni ro’kach qilib,jinoyat yo’liga kirib qolayotgan ayollarni jamiyat ko’rki deb bo’lmaydi. O’zbekistonda ayollar va ularning mehnati yuqori baholanadi, qadrlanadi, ular jamiyatning yuqori pog’onalarida ham o’z iqtidorlari, bilim va mahoratlarini namoyon qilayotganliklari va davlat rahbari tomonidan bu munosib baholanayotganligiga hammamiz guvohmiz. O’zbek onalari, ayollari,qizlari boshqalarga namuna bo’lishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Ming afsuski o’zbek nomiga dog’ tushirayotgan, nomus orini pastga urayotgan ayollar ham bor. Davlatimizda jinoyat jazosiz qolmaydi, har bir qadamimiz nazoratda.Yomon ish qildingmi, birovni farzandini yomon yo’lga boshladingmi, sharoit bo’la turib, ishlamay axloqsizlik qilib jamiyatga zarar etkazdingmi buni kechirib bo’lmaydi va har bir fuqaro qonun oldida javobgar”-dedi va keyingi yillarda ayollar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar ,oilaviy ajrimlar, ularning kelib chiqish sabablari va statistikasi haqida gapirdi.

Ayollarning jinoyat yo’liga kirib qolishining sabablari”-ma’ruzasi  bilan O’zbekiston tarixi”  kafedrasi docenti  L.P.Muxamedjanova so’zga chiqib,-“ayollarning noto’g’ri  yo’lga  kirib qolishida, oila boshliqlari hisoblanmish  erkaklar sababmi, yoki  shuni bahona qilayotgan ayollar sababmi?-deb so’z boshladi.Nega hamma aybni ayollarga to’nkash ,balki erkak ham bunga javobgar bo’lishi kerak, chunki ayol bola tug’adi,uni mashaqqat bilan katta qiladi, tarbiyalaydi, parvarishlaydi, yana ro’zg’orni tebratishi kerak, erkaklar mas’uliyatni his qilishmasa ,ayolni og’irini engil qilmasa, hamma yuk ayolni boshida bo’lsa,u majbur bo’lib jinoyat yo’liga kirib qolishi hollari hozir ko’p uchramayaptimi?Menimcha erkaklar, erkaklik majburiyatini his qilsalar,bajarsalar ayollar jinoyatga yo’l qo’ymas edimi?”  deb o’ylayman-dedi.

“Qizlar o’rtasida axloqsizlikni oldini olish”- “MTF” xotin-qizlar        qo’mitasi   raisi  kat.o’q. Naimova D.N ma’ruzasi bilan so’zga chiqdi va u qizlarning  axloqsiz  ayollar iskanjasiga tushib qolmasliklari uchun, ularga doimiy  nazorat, ularni ma’naviy-ma’rifiy ishlarga,tadbirlarga jalb qilish,  ularni kasb- hunarga, mehnatga  o’rgatish, oilada esa ularning tarbiyasi bilan  ham ona , ham ota va ayniqsa oilada aka bo’lsa, ular shug’ullanishi zarur, hozirgi globallashuv davrida qizlarimizni o’zbekona sharm-hayoli, nazokatli , bilimli  va mahoratli qilib tayyorlash barchamizning burchimizdir.Faqat  davlat  rahbarlari  sharoit qilib  berishi kerak deb emas,balki  hamma  qo’lidan ish bilan qizlarimiz tarbiyasiga o’z hissasini qo’shsa  “Zulfiyaxonim” kabi nafosatli,iqtidorli,odobli  qizlarimiz bizning faxrimiz bo’lishadi.-deb  gapirdi.

Tadbirdagi mavzular yuzasidan institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi dots H.B.Ergasheva so’zga chiqib,-“qizlarga xos o’zbekona madaniyat,ayollarga xos odob-axloq jamiyatning, institutning ko’rki bo’lishligi va  institut faoliyat yuritayotgan pedagoglar va  tarbiyalanayotgan ,bilim olayotgan  qizlari , birinchilardan bo’lib, oliy o’quv yurti jamoasiga va  hammaga  namuna  bo’lishi  kerakligi” haqida gapirdi.

Tadbir qatnashchilari prokurorga o’zlari qiziqtirayotgan mavzular yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi,prokuror tomonidan qoniqarli javoblar tinglandi.