Blog

Axborot texnologiyalar markazining axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilgan seminar treningi

Axborot texnologiyalar markazi boshlig’i H.Q.Sayidov seminar qatnashchilarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i A.Qudratovni tanishtirdi va kun tartibidagi masalalarni e’lon qilib, seminarni ochib berdi.

Alisher Qudratov so’zga chiqib, seminar ishtirokchilarini axborot xavfsizligi bo’yicha O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari bilan tanishtirar ekan ularning qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga urg’u qaratdi. Shundan so’ng qo’shimcha ravishda ATM muhandis-dasturchisi F.Xalilov O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan buyruqlari bilan tanishtirdi.

Ikkinchi masala yuzasidan Alisher Qudratov so’zini davom ettirar ekan, ishtirokchilarga axborot xavfsizligini ta’minlashda uchraydigan xavflar ularni bartaraf etish hech bo’lmaganda qanaqa qilib himoyalanish yo’llari haqida batafsil tushuntirish berib o’tdi. SHundan so’ng xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha seminar ishtirokchilariga video fayl qo’yib berildi.

Uchinchi masala yuzasidan institut ATM bo’limi Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi boshlig’i S.Raxmatov so’z yuritib, O’zbekiston Respublikasi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyati hamda markazga tegishli www.infosec.uz  sayti bilan tanishtirdi.

Saytda berilgan ma’lumotlarga yana aniqlik kiritildi. Tushuntirish davomida tizimlarda uchraydigan ZAIFLIKLAR

Bugungi kunda, axborot texnologiyalar asrida ma’lumotlarning konfidencialligini, tijorat sirlarini yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash juda muhim ahamiyatga ega va davr talabi ekanligi,   axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo’yicha axborotni yig’ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo’yicha O’zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanib, tashkilotlar (kompaniyalar)ning mahalliy va korparativ tarmoqlarini himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash borasida xizmatlar ko’rsatilib kelinayotganligi aytib o’tildi va quyidagi slayd taqdim etildi.

So’zining oxirida barcha bo’lajak mutaxasislarni axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limida mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan ham tanishtirib o’tdi. Bu esa tinglovchilarni qiziqtirmay qolmadi.

To’rtinchi masala yuzasidan institutning “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi katta o’qituvchisi Ibragimov U.M. so’zga chiqib, ushbu mavzuga oid taqdimot qildi va bu taqdimotda bugungi kunda social tarmoqlarning roli, ahamiyati, undan to’g’ri foydalanish  usullari va noto’g’ri foydalanish jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan xavflar hamda oqibatlar haqida batafsil tushuntirish berdi. Bundan tashqari social tarmoqlarda eng ko’p uchraydigan xavflar va ulardan himoyalashnish usullari haqida ma’lumot berdi. Tadbir qatnashchilari ushbu mavzuda savollari bilan murojaat etib ularga batafsil javob olishdi.

Beshinchi masala yuzasidan axborot xavfsizligi bo’yicha mas’ul xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha Buxoro Davlat universiteti huzurida tashkillashtirilgan o’quv kurslari haqida tushunchalar A.Qudratov tomonidan aytib o’tildi. Ishtirokchilar tomonidan Axborot xavfsizligi bo’yicha yoshlar o’rtasida tanlovlar tashkil etiladimi?-degan savolga respublika oliy o’quv yurtlari o’rtasida tashkil etilgan CYBER.UZ tanlovlari haqida to’xtalib o’tildi. Bu tanlovlar kelgusida yilida ikki bor, hech bo’lmaganda Buxoro hududida o’tkazilishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi. Tinglovchilar tomonidan berilgan barcha savollarga seminar tashkilotchilari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.