Axborot-resurs markazi

Buxoro muhandislik – texnologiyasi instituti 1979 yil tashkil etilgan bo’lib, kutubxona fondi ham shu davrdan boshlab shakllantirilgan. Kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida” gi qarorida o’z ifodasini topgan. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi ilmiy-universal kutubxonalar negizida axborot kutubxona markazlar, hamda shaxar va qishloqlardagi ommaviy kutubxonalar negizida axborot – resurs markazlari tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berilgan.
Mazkur “Axborot–resurs markaz”lar zimmasiga aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish, kitobxonlarning ilmiy, ta’lim, axborot, madaniyat va biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish, kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko’rsatishdan o’z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy–ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo’li bilan axborot–kutubxona xizmati ko’rsatishga o’tishni ta’minlash, yig’ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan. Albatta, bunday vazifalarni bajarish uchun ARM lar texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik hamda kadrlar ta’minotiga ega bo’lishi zarur.Hozirda axborotning hayotimizdagi o’rni hamma zamondagidan oshgan bir davrda istalgan mavzudagi axborotlarni internet orqali soniyalar ichida topish mumkin. Bunga ko’ra bizning ham Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti “Axborot-resurs markazi” foydalanuvchilarga axborot – kutubxona xizmati ko’rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o’z faoliyatini axborot – kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlariga tayangan holda ildam zamonaviylashtirish bilan yuksak madaniy kutubxona xizmati ko’rsatish tizimini shakllantirish, axborotlarni kitobxonlar va iste’molchilarga etkazish, axborot resurslarini iste’molchilar talablari asosida masofaviy olish va etkazish shakllaridan foydalanish bilan aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek keng foydalanuvchilar ommasiga Internet xalqaro tarmog’iga chiqish imkoniyatlari bo’yicha xizmat ko’rsatish, o’quvchi va talaba – yoshlar, hamda ustoz – murabbiylar uchun Respublikamizda joriy etilgan ZiyoNet ta’lim portalida iste’molchilarga o’quv, ilmiy, badiiy, ommabop adabiyotlar bilan xizmat ko’rsatishdan tashqari yangiliklarni tezkor etkazish,matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan ma’lumot va yangiliklarning elektron izchil foydalanishlariga qulay imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.
ARMda 300 o’ringa mo’ljallangan 3 ta o’quv zali,1-bino o’quv zalida 30 ta, shu binoning kompyuter zalida 30 ta, 3-bino elektron kutubxonasida 25 ta, 2-bino o’quv zalida 25 ta, 4- bino o’quv zalida 20ta, jami 130 ta yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan elektron kutubxonalar, shuningdek 5 dona printer, 4 dona skaner, 3 dona videoproektor shu bilan birga o’quv zallari uchun to’liq yangi mebel jihozlari va qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy konditsionerlar institut professor-o’qituvchilari hamda talabalari uchun xizmat ko’rsatib kelmoqda. Kutubxonachilik va axborot ishini yaxshilash, davr talabiga to’laqonli javob berish maqsadida bu erda faoliyat olib borayotgan xodimlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Hozirda markazda shu kabi professional darajadagi 31 nafar ishchi xodimlar 65000 dan ortiq  abonentga xizmat ko’rsatib kelmoqdalar.

Axborot resurs markazi umumiy fondi  12569 nomdagi 229146 nusxadagi adabiyotlar mavjud. Manbaalar o’zbek, rus, ingliz, nemis, francuz va tojik tillarida jamlangan.

Bugungi kunda ARM tasarrufida Kogon hududida joylashgan 1 ta tarmoq kutubxonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Markaziga qarashli tarmoqda 11025 nusxadagi adabiyotlar mavjud bo’lib, 1136  nafar kitobxonga xizmat ko’rsatadi, shundan 524 nafari maktab o’quvchilari va  612 nafarini mahalliy aholi va maktab o’qituvchilar tashkil etadi.

ARMda mavjud barcha resurslarning bibiliografik tavsifi yaratilib doimiy ravishda elektron katalog to’ldirilib borilmoqda. Hozirgacha 12000 nomdagi adabiyotning elektron katalogi yaratilgan va shu bilan birga   4500 nomdagi adabiyotlar to’liq matnli PDFelektron shaklga o’tkazildi.