Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi

infKafedra mudiri : f-m.f.n. dotsent Yo`ldoshev Shuxrat Savriyevich
Tel:  8(365) 223-78-84
E-mail: iat@bmti.uz


Kafedra 1979 yil «Amaliy matematika» nomi bilan faoliyat yuritishni boshladi. 1992 yildan boshlab «Hisoblash texnika»si keyinchalik «Informatika va informatsion texnologiyalar» yo’nalishi bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlovchi ixtisoslik kafedra maqomini oldi, 1999 yildan boshlab «Amaliy matematika» kafedrasi «Informatika» kafedrasi deb nomlandi. 2001 yilda kafedra fakultetlararo «Informatika» va mutaxassislik etishtirib chiqaruvchi «O’qitishning zamonaviy texnologiyalari» kafedralariga ajratildi. 2005 yildan boshlab har ikkala kafedra qayta birlashtirilib “Informatika va axborot texnologiyalari” deb yuritildi. 2017 yil institut strukturasida bo’lgan o’zgarishlarga asosan hozirgi nomida yangidan tashkil etildi. O’qitiladigan fanlar doirasi kengaytirildi va moddiy texnika bazasi yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Hozirda kafedrada 8 ta kompyuter sinfi mavjud bo’lib unda 115 tadan ortiq kompyuterlar ishlab turibdi va ularning barchasi internet tarmog’iga ulangan. Hozirda kafedrada “Masofaviy o’qitish” laboratoriyasi faoliyat yuritib kelmoqda.Kafedra bazasida 1985 yilda nafaqat viloyatimizda balki Respublikamizning Oliy o’quv yurtlari orasida  birinchi bo’lib ES-1035 rusumli Elektron hisoblash mashinasi ishga tushirildi.

1996 yilda hisoblash texnikasi bo’yicha birinchi yosh mutaxasislar xalq xo’jaligiga ishga yuborildi.    Hozirgi kunda ular Respublikamizning turli sohalarida etakchi mutaxasislar sifatida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedra 5111000-Kasb ta’limi («Informatika va axborot texnologiyalari») ta’lim  yo’nalishi bo’yicha bakalavr va «Avtomatlashgan tizimlar va hisoblash texnikasining dasturiy ta’minoti» mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlashga ixtisoslashdi.  1996 – 2017 yillar davomida kafedra 2750 dan ortiq etakchi mutaxasislar etkazib chiqardi. Kafedrada eng zamonaviy kompyuterlar va o’qitish vositalari bilan ta’minlangan o’quv xonalari, laboratoriya, multimedia xonasi va elektron kutubxona 1998 yildan boshlab  ishlay boshladi.

Kafedra tashkil etilgandan hozirga qadar uning ravnaqi uchun etuk olimlar va soha  mutaxassislari faoliyat ko’rsatganlar. Jumladan professor SH.R.Mo’minov, dotsent S.H.Hojiev, dotsent D.R.Ubaydullaeva, dotsent O.O.Yodgorov, dotsent K.Z.Abidov, dotsent H.Q.Saidov, dotsent J.Jumaev, dotsent SH.R Ubaydullaeva, dotsent J.A.Bozorov, dotsent SH.Salomov, dotsent P.R.Bozorov, dotsent Q.K.Raxmonov, dotsent O.K.Solieva, katta o’qituvchi G.M.Norova, katta o’qituvchi M.D.Yunusova, katta o’qituvchi A.B.Raximov, katta o’qituvchi A.A.Jafarov, SH.I.Fayziev, Yo.T.Safarov, U.M.Ibragimov, O.M.Raxmonova, M.A.Maxmudova, G.A.Raximovalarning xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir.

Hozirda kafedrada quyidagilar faoliyat ko’rsatmoqdalar dotsent SH.I.Razzoqov, dotsent SH.S.Yo’ldoshev, katta o’qituvchilar: T.F.Sohibov, G.X.Kozimova, R.B.Sariev, U.Z.Narziev, M.M.Nurullaev, H.B.Ismoilov, Z.R.Asraev, F.R.Murodova, K.B.Muxamadieva, assistentlar:  Q.Z.Aslonov, I.I.Hayitova, Z.B.Muxammedova, Z.R.Murodova, O.I.Jo’raev, M.M.Nafasov, X.T.Yusupovalarning xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir.

Kafedra o’qituvchilari va shu kafedrada ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar quyidagi yutuqlariga erishganlar:

Kafedrada 1991-2017 yillarda 12 ta nomzodlik dissertaciyalari himoya qilingan.  Yosh mutaxassislardan 8 nafari  nomzodlik dissertaciyasi ustida ilmiy ish olib boryapti. Ularning himoyasi 2018-2025 yillarda rejalashtirilgan. SHu yillar davomida kasb-hunar kollejlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalar 12 ta, oliy o’quv yurtlari uchun 2 ta darslik va 15 ta elektron o’quv qo’llanmalar tayyorlanib Oliy ta’lim vazirligining grifi bilan chop etilgan, dasturiy vositalar uchun 50 dan ortiq davlat patenti olingan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan  “O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi a’lochisi” va ko’krak nishoni SH.I. Razzoqov taqdirlangan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Yilning engn yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi” tanloviga kafedrada yaratilgan quyidagi adabiyotlar erishgan:

  • 2008 yilda SH.R.Mo’minov “Matematik modellashtirish metodlari va usullari” fanidan yaratilgan darslik sovrinli birinchi o’rinni egalladi.
  • 2010 yilda R.SH.Razzoqov, SH.S.Yo’ldoshev, U.M.Ibragimov “Kompyuter grafikasi” kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanmasi sovrinli uchinchi o’rinni egalladi.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash keng yo’lga qo’yilgan: Jumladan Ismatova Madina, Atamuradova Baxshanda, Nafasov Mirzomurod, Sodiqova Feruza, Xodieva Gulbahor – Beruniy nomidagi Davlat stipendiantlari, Davronova SHahlo Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi, Qudratov Alisher, Axmedov Anzar, Axmedov Farrux, Muxtorov Alisher – “Yurt kelajagi” tanlovining “Web ishlanmalar” va “Dasturiy ta’minot” nominaciyalari bo’yicha respublika bosqichi g’olibi bo’lgan.

“Al-Xorazmiy” respublika dasturchilari tanlovida jamoa chempionlikka erishgan.
Kafedra olib borayotgan “O’zbekiston Respublikasi kollej, licey va tayanch oliy o’quv yurti elektron pochta, elektron kutubxona va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” Respublika Fan va Texnologiyalar markazi granti bo’yicha 7,8 mln. so’mlik loyihani bajarib, uni amalda joriy etdi.

Kafedra professor o’qituvchilari xalqaro Tempus tanlovida ishtirok etib unida “Higher Education Initiative For Informatics in Central Asia” mavzu bo’yicha №158677 Tempus-DE-Tempus JPCR raqamli xalqaro grant sohibi bo’lishdi. U 2010-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib 1112038 evro mablag’ bilan moliyalashtirildi.

Kafedra professor o’qituvchilari xalqaro Erasmus+ tanlovida ishtirok etib unida 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE ECCUM (Matematik injenering bo’yicha magistrlik o’quv rejalarini ishlab chiqish va hisoblash markazlarini yaratish) raqamli xalqaro grant sohibi bo’lishdi. U 2015-2020 yillarga mo’ljallangan bo’lib 924880 evro mablag’ bilan moliyalashtiriladi.

Kafedraning ilmiy hamkorlik aloqalari kengaydi. Kafedra o’qituvchilari dan doc. Yodgorov O.O. – AQSH, Janubiy Koreya, Germaniya, Qirg’iziston, dots. Razzoqov SH.I.  – Angliya, SHvetsiya, Ispaniya, Italiya, dots. Saidov H.Q. – Janubiy Koreya, Singapur, Hindiston, Malayziya, Kozimova G.H.  – Xitoy, Narziev U.Z. – Qirg’iziston, Qozog’iston, Litva, SHvetsiya, Slaveniya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha malakalarini oshirganlar.