Ma’lumki, har bir xalqning o’tmishi va uning ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu tarixiy obidalar orqali inson o’z  tarixini o’rganadi va bu bilan faxrlanadi. O’zbekistonda, uning sharif shaharlaridan biri bo’lmish Buxoroyi sharifda  inson qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay kelayotgan tarixiy obidalar insonning aqlini o’g’irlaydi.

 Shu maqsadda BMTI “TJBT” fakulteti “Menejment” kafedrasi mudiri N.M. Zayavitdinova, fakultet tyutori F.A. Bozorova shuningdek, Menejment mutaxassisligi magistrlari Ikramova Nasiba, Bakiyeva Sitora shuningdek 716-22 MNT guruhi talabalari  bilan birgalikda  Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Nodir devonbegi, Labi Hovuz, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfuro’shon, Toqi Zargaron va Poyi kalon majmuasida bo’lib, ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Bu tadbir yoshlarni madaniy va tarixiy obidalarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratildi va o‘z maqsadiga erishdi.